Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyadagi eng uzun mushuk Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi
Foto: Ginnessning rekordlar kitobi
Britaniyada yashovchi Lyudo laqabli mushuk Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda UPI agentligi xabar bermoqda.
Uni jahondagi eng uzun uy jonivori sifatida e'tirof etishgan.
Lyudoning uzunligi burnining uchidan to dumining uchiga qadar 119 santimetrni tashkil etadi. U oldingi rekordchi, 2013 yilda nobud bo‘lgan, Styuart Gillington laqabli mushukdan to‘rt santimetrga kalta xolos. Uning uzunligi 123 sm edi. U ham Lyudo singari mushuklarning amerikancha meyn-kun turiga mansub edi.
Yer yuzidagi eng uzun bu mushuk Britaniyaning Ueykfild shahrida yashaydi va egasining so‘zlariga ko‘ra, juda dangasa.
Bundan tashqari, uning g‘ayrioddiy uzunligi ham jonivorga harakatlanishda noqulaylik tug‘diradi. U mushuklar uchun mo‘ljallangan qafasga sig‘maydi, shuning uchun unga itlarning qafasi qulaylik qiladi.
Mushuk egasining ta'kidlashicha, u Harri Potter haqidagi filmni ko‘ra turib, mushuklarning meyn-kun turiga qiziqib qolgan. Filmdagi mushuklardan biri aynan mana shu turga mansub edi.
Mavzuga oid
23:33 / 21.09.2025
Toshkentda mushukni qiynagan xitoylik 5 sutkaga qamaldi
21:28 / 22.07.2025
Indoneziyada prezident mushugiga qo‘riqchi tayinlanishi ortidan mojaro kelib chiqdi
00:19 / 29.05.2025
Britaniyada olti panjali mushuk dunyoga keldi
23:34 / 26.05.2025