Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada prezident mushugiga qo‘riqchi tayinlanishi ortidan mojaro kelib chiqdi
Mamlakatning ko‘plab aholisi buni davlat mablag‘larini behuda sarflash deb hisobladi.
Indoneziyada prezident mushugi davlat muhofazasiga olindi va qo‘riqchilar tayinlandi. Shu sababli mamlakatda janjal ko‘tarildi. Bu haqda Malay Mail xabar berdi.
Nashrning eslatishicha, Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto 9 yil oldin ko‘chadan mushuk topib olgan edi. U mushukni asrab olishga qaror qildi va uni Bobbi deb nomladi. Yaqinda esa unga maxsus qo‘riqchilarni tayinladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Indoneziya aholisi davlat budjeti mablag‘lari prezident mushugini qo‘riqlashga sarflanayotganidan norozi bo‘ldi.
Davlat kotibi o‘rinbosari Juri Ardiantoro jurnalistlar bilan suhbatda prezidentning mushugi rasmiy xavfsizlik protokoliga tushishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shuning uchun Bobbi davlat himoyasida bo‘lish huquqiga ega.
«Gap faqat prezidentda emas, balki prezidentning mulki ham davlatning mas’uliyati bo‘lib, uni qo‘riqlashi kerak. Endi so‘ramoqchiman: Bobbi kimniki? Davlat uni qo‘riqlay oladimi? Albatta, ha. Nega bu noroziliklarga sabab bo‘lishi kerak?», deb tushuntirdi Ardiantoro.
Ayniqsa, Bobbini aravachada politsiya eskorti kuzatuvida olib ketishayotgani aks etgan video Indoneziya aholisini qattiq g‘azablantirdi. Bu Jakartada bo‘lib o‘tgan «Mushuksevarlar muloqoti kuni» festivali paytida sodir bo‘ldi.
«Afsus. Mushukka qo‘riqchi sifatida hamroh bo‘lganing uchun maosh olasanmi? Nahotki biz millat sifatida shunchalik yo‘ldan adashgan bo‘lsak, 2025 yilda ham bunday amaliyotlar mavjud bo‘lsa?», deb yozdi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.
Siyosatshunos Made Supriatma jurnalistlar bilan suhbatda mushukni qo‘riqlash uchun budjet mablag‘lari sarflanishini asossiz deb atadi.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
21:16 / 24.01.2026