O‘zbekiston | 19:44 / 09.08.2018
10268
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi maktablarda shaxmat darslari joriy etiladi

Foto: Getty Images

O‘zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qaroriga muvofiq majburiy maktab dasturlari doirasida 150 ta maktabda tajriba tariqasida shaxmatga o‘qitish tashkil qilinadi.

Hujjatga ko‘ra, shaxmat bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tasarrufiga berildi.

2018 yil 1 sentabrdan boshlab mulkchilik shaklidan qat'i nazar, barcha shaxmat klublari hamda shaxmatga o‘qitish va tayyorlashni amalga oshiruvchi boshqa sport muassasalari majburiy akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.

Xalq ta'limi vazirligiga 2018 yil 20 avgustga qadar maktablarida shaxmatga o‘qitish bo‘yicha ta'lim dasturlarini tasdiqlash vazifasi yuklandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid