2025 yil davomida Nodirbek Abdusattorov 16 ta nufuzli xalqaro turnirda ishtirok etib, jami 361 811 dollar mukofot puli ishlab topgan. Uning bir turnirdagi eng yuqori individual yutug‘i 85 000 dollarni tashkil etgan.

Javohir Sindorov esa 11 ta xalqaro musobaqada qatnashib, umumiy hisobda 349 955 dollar daromad qayd etgan. Uning eng yirik yutug‘i FIDE World Cup musobaqasidagi g‘alabasi bo‘lib, mazkur turnir uchun 120 000 dollar mukofot puli berilgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ikki grossmeysterning 2025 yildagi umumiy mukofot pullari 711 766 dollarga teng.

Ma’lum qilinishicha, keltirilgan summalar faqat xalqaro turnirlardagi rasmiy mukofot pullarini o‘z ichiga oladi. Unga homiylik shartnomalari, reklama va tijoriy hamkorlik daromadlari, davlat mukofotlari va bir martalik bonuslar, stipendiyalar hamda grantlar, klub yoki terma jamoa maoshlari kiritilmagan.