Jamiyat | 22:57 / 29.05.2024
42997
1 daqiqa o‘qiladi

Namangandagi qamoqxonada 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi

Holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Foto: "Ezgulik" jamiyati

23 may kuni Namangan viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi. 

Qayd qilinishicha, 2000 yilda tug‘ilgan mahkum ishlab chiqarish sexi xududida o‘zini-o‘zi osib, vafot etgan. U Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan sudlangan. Murdaning bo‘yin sohasidagi strangulyatsion egatdan tashqari boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan. 

Holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Mavzuga oid