Hokimlik tadbirkorlarni çuv tuşirdimi? – Xiva buyum bozoridagi mojaro
|21:16 / 08.04.201927 36614 min
Özbekiston iqtisodiyotida bozorlarda faoliyat yurituvçi tadbirkorlardan ham muammosi köpi bölmasa kerak. Çunki sönggi yillarda şaharlar markazidagi buyum va dehqon bozorlari bir neça marta köçirildi, buzildi, qaytadan qurildi. Bu jarayonlarning oğiri deyarli har doim tadbirkorning yelkasiga tuşgan. Ular endigina bozorga örnaşib, sarflagan xarajatini qoplab, daromad ola boşlaganda dökoni köçirilgan, buzilgan, qayta qurilgan. Bozorda savdo qiliş eng beqaror faoliyatdan biri desak mubolağa bölmaydi.
Bu maqolada Xiva şahar buyum bozorida faoliyat yurituvçi tadbirkorlar duç kelgan şunga öxşaş muammolar haqida söz yuritamiz.
2009 yilda Xiva tumanida «Buyum bozori» oçiq aksiyadorlik jamiyati (OAJ) taşkil qilinib, unga hokimlik tomonidan yer maydoni ajratib beriladi. 2013 yilda u «Xiva universal savdo kompleksi» aksiyadorlik jamiyatiga (AJ) aylantirilgan. Uning tarkibida 331 aksiyador va aksiyador hisoblanmagan 500ga yaqin mulkdorlar mavjud. Hozirgi kunda 227 nafar tadbirkor savdo faoliyati bilan şuğullanmoqda.
2017 yili Xiva şahri buyum bozori örnida istirohat boği qurilişi munosabati bilan «Xiva universal savdo kompleksi» AJ yer maydonlari davlat va jamoat ehtiyoji uçun olinişi haqida qaror qabul qilinadi. Şundan söng, Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi yer uçastkalarini tanlaş (ajratiş) masalalarini körib çiqiş böyiça komissiyasi (2018 yil 29 yanvardagi 21-sonli bayonnomasi) hamda Xiva şahar hokimligi huzuridagi yer uçastkalarini beriş (realizatsiya qiliş) masalalarini körib çiqiş komissiyasi (2018 yil 2 maydagi bayonnomasi) yangi buyum bozori uçun Xiva şahar Sangar mahallasidan yer örni ajratiş taklifini ma'qullaydi.
Xiva şahar hokimligi uşbu bayonnomalarga asosan 2018 yil 3 may kuni (diqqat!) «Xiva şahar savdo kompleksi» MÇJni taşkil qiliş va unga yer maydoni ajratiş töğrisida 835-sonli qarorini çiqaradi. U Xiva şahrining sobiq hokimi Erkin Yaqubov tomonidan imzolangan.
«Xiva universal savdo kompleksi» AJ a'zolari fikriga köra, Sangar mahallasi hududidan yangi buyum bozori qurilişi uçun yer maydoni kompensatsiya tariqasida aynan ularga ajratilişi lozim edi. Buning uçun «Xiva şahar savdo kompleksi» MÇJni taşkil qilişga zarurat yöq edi.
Xiva şahar hokimligi tomonidan 2018 yil 10 iyul kuni «Xiva universal savdo kompleksi» AJ tadbirkorlarini Sangar mahallasi hududida yangidan taşkil qilingan «Xiva şahar savdo kompleksi» MÇJ hududiga köçiriş haqidagi 115/1-sonli qarori çiqarilgan. Uning 1-bandida«Xiva universal savdo kompleksi» AJ faoliyatini «Xiva şahar savdo kompleksi» MÇJga ajratib berilgan yer maydonida vaqtinçalik davom ettirsin
Mavzuga oid
deb belgilab qöyilgan.
Bir şaharda 2ta yoki undan ortiq miqdorda bozor bölişi mumkin emasmi? Albatta mumkin. Biroq, bu holatda yerlari davlat ehtiyoji uçun olib qöyilgan va mulki buzib taşlangan «Xiva universal savdo kompleksi» AJga boşqa joydan yer maydoni ajratilişi, kompensatsiya tölanişi kerak edi.
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 maydagi «Davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarining olib qöyilişi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplaş tartibi» töğrisidagi Nizomning 26-bandida «Yuridik şaxsga mulk huquqi asosida tegişli bölgan uy, işlab çiqariş imoratlari, boşqa imoratlar, inşootlar, dov-daraxtlar joylaşgan yer uçastkasi olib qöyilgan holda unga avvalgisiga teng qiymatli mol-mulk beriladi va yer uçastkasi davlat yoki jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi oqibatida yetkazilgan zarar tölaligiça qoplanadi. Yer egalari, yerdan foydalanuvçilar, ijaraçilar, yer uçastkalari mulkdorlariga zararlarni hamda qişloq xöjaligi va örmon xöjaligi işlab çiqarişi körgan zararni qoplaş Özbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiq amalga oşiriladi» deb qayd etilgan.
2018 yil 31 may kuni «Xiva şahar savdo kompleksi» MÇJni ta'sis etiş töğrisida yiğiliş bölib ötib, unda Ganja Tajiyevni rais qilib saylaş va jamiyatning ustav fondini 10 million söm miqdorida şakllantiriş, ustav fondining 51 foizini, ya'ni 5 million 100 ming söm Xiva şahar hokimligining uluşi, 49 foizini, ya'ni 4 million 900 ming söm Ganja Tajiyevning uluşi qilib belgilaş haqida qaror qabul qilingan.
Qayd qiliş joizki, Ganja Tajiyev bu paytda «Xiva universal savdo kompleksi» AJ raisi ham edi. U bir-biriga raqobatdoş bölgan ikki taşkilot rahbari lavozimida 1 avgustgaça işlagan va şundan keyin «Xiva universal savdo kompleksi» AJ raisligidan ketgan.
«Xiva universal savdo kompleksi» AJ a'zolari fikriga köra, hozirgi paytda ularga qandaydir kompensatsiya berilişi haqida gap-söz ham bölayotgani yöq. Balki, «Xiva şahar savdo kompleksi» MÇJga tegişli bölgan yangi buyum bozoridan 17-20 kv.m. maydonga ega bir dökon 50-60 million söm qiymatda taklif qilinmoqda. Bu esa dökonning bozor narxidan 2-3 barobar qimmatroqdir.
Hozirgi vaqtda «Xiva universal savdo kompleksi» AJ a'zolari savdo faoliyatini töxtatmaslik uçun quriliş işlari ketayotgan hudud atrofida vagonlar, akfadan yasalgan qölbola budkalarda savdo qilişmoqda.
Yuzaga kelgan vaziyat böyiça Xiva şahar hokimi Sobir Jumaniyazovdan izoh oldik.
«2018 yili «Xiva Universal savdo kompleksi» AJ yerlari davlat ehtiyoji uçun qaytarib olingan, hozirça tadbirkorlar Sangar mahallasida faoliyatini vaqtinça davom ettirişmoqda.
Biroq, bir narsani ta'kidlayman, dökoni buzilgani töğrisida asoslantiruvçi hujjat, hokimning qarori, ijara şartnomasi, umuman, barça tasdiqlovçi hujjatlarga ega bölgan tadbirkorlardan heç kim dökonsiz qolmaydi, ularning barçasini yangi buyum bozoriga joylaştiramiz. Bu iş bilan jiddiy şuğullanyapmiz. Bundan taşqari, faoliyatini bozorda emas, balki boşqa joyda davom ettirmoqçi bölgan tadbirkorlarga «Obod mahalla» dasturiga tuşgan hududlardan kelişuv asosida joy bermoqdamiz.
Hozir oldimizda «Xiva şahar savdo kompleksi» MÇJni «Xiva universal savdo kompleksi» AJga huquqiy voris qiliş masalasi köndalang turibdi. Biz bu muammoni hal qilib oliş uçun huquq idoralariga murojaat qilganmiz. Mana şu muammoning yeçimi topilgaç, tadbirkorlarni yangi buyum bozori hududiga joylaştiriş masalasi hal böladi.
Xiva şahar hokimligi «Xiva universal savdo kompleksi» AJga yer ajratmasdan, «Xiva şahar savdo kompleksi» MÇJni taşkil qilib, yerni unga ajratişi töğrisidagi qarori qançalik töğri?
Xiva şahar hokimligi «Xiva universal savdo kompleksi» AJga yer ajratmasdan, «Xiva şahar savdo kompleksi» MÇJni taşkil qilib, yerni unga ajratişi töğrisidagi qarorini biz adliya va prokuratura bilan muhokama qilyapmiz, ekspertizadan ötkazyapmiz. Agar Xiva şahar hokimligining bu qarori noqonuniy bölsa, uni bekor qilib, yerni «Xiva universal savdo kompleksi» AJga ajratiş haqidagi qarorni çiqaramiz. Ekspertiza jarayonini taxminan 1 oy muddatda yakunlaymiz.
«Xiva şahar savdo kompleksi» MÇJga tegişli bölgan yangi buyum bozoridan tadbirkorlarga 17-20 kv.m. maydonga ega bir dökon 50-60 million söm qiymatda taklif qilinayotgani, bu esa dökonning bozor narxidan 2-3 barobar qimmatroq ekanini qanday izohlaysiz?
Bozor hududida «dökonimni özim qurib olaman, bu menga arzon tuşadi» degan gap bölmaydi. Birinçidan, bozor hududida xususiy mulk bölmaydi, mulk aksiyadorlik jamiyatiga yoki MÇJga tegişli böladi, tadbirkorlar undan faqat ijara asosida foydalanişi mumkin. Bozor hududida dökonlarni xususiy mulk qilib beriş – qonunga ziddir. Ikkinçidan, bozor faqat dökonlardan iborat bölmaydi. Uning infratuzilmasi, asfalt qilingan yöli böladi, savdo dökonlarining orasi tomi yopiladi, elektr energiya, suv tarmoğiga ulanadi, kanalizatsiya ötkaziladi. Tadbirkorlar faqat bir dökon narxini hisoblab körayotgani töğri emas. Bozor infratuzilmasining umumiy qiymati smeta hujjatlarida körsatiladi va yakunda dökonlarning kvadraturasiga kiritiladi. Biz hozir smeta hujjatlarini ekspertizadan ötkazyapmiz. Bu jarayon yakunlanganidan söng, dökonlarning qiymati aniq böladi. Hozirgi paytda, smeta qiymati iloji boriça arzon qilinişi, tadbirkorlar uçun hamyonbop bölişi ustida işlayapmiz.
Xiva şahriga hokim qilib tayinlanganimga 4 oy böldi. Öz oldimga dolzarb bölgan vazifalarni, hal qiliş şart bölgan muammolarni belgilab olganman. Ulardan biri mana şu tadbirkorlar muammosi. Kafolat berib aytamanki, biror tadbirkor köçada qolmaydi, ularning barçasi öz faoliyatini yangi buyum bozori hududida davom ettiradi», - dedi Sobir Jumaniyazov.
Qayd etiş joizki, yangi buyum bozorining quriliş işlari mavjud qonun-qoidaga zid ravişda olib borilayotgani haqida tegişli taşkilotlarning xulosalari va ogohlantiriş xatlari bor.
Xususan, Xiva şahar elektr ta'minoti korxonasi 2018 yil 13 avgust kuni Sangar mahallasida qurilayotgan yangi bozor hududidan yuqori kuçlanişli (6 kVt) elektr ta'minoti liniyalari ötgani va quriliş elektr tarmoği xöjaligi obektlari muhofaza zonalarida quriliş işlari olib borilişi taqiqlangani, quriliş işlari Vazirlar Mahkamasining «Elektr tarmoği xöjaligi obektlarini muhofaza qilişni tasdiqlaş töğrisida»gi 93-sonli qaroriga zid ravişda olib borilayotgani töğrisida ogohlantirgan.
Xorazm viloyati quriliş sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi buyurtmaçi 2018 yil 26 noyabr kuni «Xiva şahar savdo kompleksi» MÇJ rahbari G.Tajiyevga va pudratçi «Xiva obod yöl quriliş» MÇJ rahbari N.Boltayevga qurilişni töxtatiş haqida körsatma bergan. Umumiy quriliş işlari amalga oşirilayotgan hududda 8ta qonunbuzarlik holati, jumladan, loyiha smeta hujjatlariga ijobiy xulosa yöqligi, quriliş işlarini boşlaş uçun zarur bölgan turli laboratoriya sinovlari xulosasi mavjud emasligi, quriliş me'yoriy hujjatlari talablari bajarilmagani (sovuq havoda betonlaş va ğişt teriş işlari bajarilgani), texnik nazorat işlari olib borilmagani aniqlangan.
Xususan, Xorazm viloyati Arxitektura va quriliş boş boşqarmasi Sangar mahallasi hududida qurilayotgan buyum bozori loyiha hujjatlari Davlat ekspertizasidan ötkazilmagani va Davlat arxitektura quriliş nazorati inspeksiyasining ruxsatnomasi olinmaganini aniqlab, quriliş montaj işlarini töxtatiş haqida «Xiva şahar savdo kompleksi» MÇJ rahbari G.Tajiyevga 2019 yil 6 mart kuni ogohlantiriş xati bergan.
Bunday ogohlantiriş xatlari mavjud bölişiga qaramay, Sangar mahallasi hududida quriliş işlari davom etmoqda.
Bu muammolar yuzasidan «Xiva şahar savdo kompleksi» MÇJ rahbari Ganja Tajiyevdan ham izoh oldik.
«Xiva şahridagi avvalgi buyum bozori eski paxta tozalaş zavodi hududida, 6,7 gektar maydonda hududda joylaşgan edi. Ammo u davlat tomonidan qabul qilinmagan edi.
Endi u yerda istirohat boği barpo qilinişi böyiça qaror çiqqan. Şuning uçun ham Sangar mahallasida yangi buyum bozori qurilmoqda. U zamonaviy körinişda, aholi va tadbirkorlar uçun qulay böladi.
Bozordagi bir dökonning narxi 50-60 million söm qiymatda taklif qilinyapti? Hali quriliş smeta hujjatlari töliq ekspertizadan ötkazilmadi. Aprel oyida bu işlar yakunlanadi va şundan söng dökonning qiymati aniq böladi. Hozirça bu haqda aniq ma'lumot yöq.
Quriliş işlarini töxtatiş haqidagi ogohlantiriş xatlari? Biz bu masalaning ham yeçimini izlayapmiz. Xususan, elektr energiyasi liniyalarining muhofaza hududida quriliş işlarini töxtatganmiz. Bozor hududida mayda quriliş işlari davom etmoqda. Hozir smeta hujjatlari ekspertizasini ötkazyapmiz. U yakunlanganidan söng, tegişli taşkilotlarga taqdim qilib, ulardan qurilişni davom ettiriş uçun ruxsat olamiz», - dedi Ganja Tajiyev.
Xulosa örnida aytadigan bölsak, bu mojarolar bozor bilan boğliq bölgan faoliyatning naqadar beqarorligi haqida maqolamiz boşida aytilgan fikrlarni tasdiqlamoqda. Barqarorlik bölmagan sohalarda taraqqiyotga, ösişga erişiş muşkul, xususan iqtisodiyotda ham.
Sönggi paytlarda nega çet ellik investorlar va tadbirkorlarning Özbekistonga kelişi sust, nega ular mamlakatimizda biznes qilişni istamayaptilar degan savollar örtaga taşlanmoqda. Javob oddiy: investorlar biror mamlakatga borişdan oldin, öşa mamlakatdagi tadbirkorlarning ahvolini örganib çiqişadi, şundan xulosa çiqarişadi.
Oldin özimizning tadbirkorlarni himoya qilaylik, ularning mulk huquqini hurmat qilaylik, ularning biznesi uçun barqaror şaroit yaratib beraylik. Endi biri ikkita bölganida, undan ham ayrilişiga sababçi bölmaylik. Şundagina xorijlik investorlarni çaqirmasak ham, özlari kirib kelişadi.