Toşkent şahri hokimi Şavkat Umrzoqovning qarori bilan, şahardagi bozorlar va savdo majmualarida körsatiladigan ayrim xizmatlar uçun yangi tariflar joriy etildi.

Endilikda poytaxt bozorlari va savdo komplekslarida tijoriy maqsadda video yoki tasvirga olişning bir soati uçun 5 mln söm miqdorida tölov undiriladi. Bu çeklov xorijiy turistlar va ommaviy axborot vositalariga tatbiq etilmaydi.

Qaror bilan, bozorlar avtoturargohlarida yengil avtomobillar uçun yangi tölov miqdorlari ham tasdiqlandi. Bunda şanba–yakşanba kunlari uçun tariflar oşirilgan:

  • 20 minutgaça vaqt uçun – 5 ming söm;
  • 40 minutgaça vaqt uçun – 7 ming söm;
  • 1 soatgaça vaqt uçun – 8 ming söm;
  • 2 soatgaça vaqt uçun – 9 ming söm;
  • 3 soatgaça vaqt uçun 25 ming söm;
  • 4 soatgaça vaqt uçun 35 ming söm;
  • 4 soatdan ortiq vaqt uçun esa 50 ming söm undiriladi.

Boşqa kunlari esa tariflar nisbatan pastroq bölib qoladi.

Yangi narxlar “bozorlar yaqinida tirbandlikni kamaytiriş va avtoturargohlar yuklamasini tartibga soliş maqsadi” bilan izohlangan.