Jahon | 15:10 / 11.03.2017
8974
2 daqiqa o‘qiladi

Asad: AQSh Suriyadagi terrorchilar ustidan g‘alaba qozonishga yordam bermaydi

Suriya prezidenti Bashar Asadning fikricha, AQSh harbiy xizmatchilarining Suriyada bo‘lib turishi Damashqning IShID va boshqa terrorchilar ustidan g‘alaba qozonishiga yordam bermaydi. 

"Biz bu yordam beradi, deb o‘ylamaymiz. Ular nima qilmoqchi? IShID bilan kurashmoqchimi? Amerikaliklar deyarli barcha urushlarda mag‘lub bo‘lgan. Ular Iroqda ham yengilishdi. Alaloqibat, qurolli kuchlarini olib chiqishga majbur bo‘ldi. Hatto Somalida ham taqdirga tan berishdi. Sizga qo‘shni Vetnam yoki Afg‘onistonni qo‘ya turaylik", — degan Asad Hongkongning  "Feniks" telekanaliga bergan intervyusida. 

"Ular o‘z qo‘shinlarini qayerga yuborgan bo‘lsa, biror natijaga erishmagan. Ular faqat muammolarni yuzaga keltirishgan. Ular yo‘q qilish va muammolarni barpo qilishning judayam uddasidan chiqishadi. Biroq, ular muammoga yechim topish masalasida ancha no‘noq", — deb qo‘shimcha qilgan Suriya yetakchisi. 

Shu haftada Pentagon rasmi rasmiylari AQSh Manbijda qurolli bo‘linmalarini joylashtirgani haqida e'lon qilgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid