Jamiyat | 18:20 / 19.10.2017
18105
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Belarus fuqarosi pasportidagi «odamcha» tufayli chegaradan o‘tkazilmadi  

Belarusning Kalinkovichi shahrida yashovchi 36 yoshli fuqarosi pasportida bolalar qo‘li bilan chizilgan rasmlar borligi sababli mamlakat tashqarisiga chiqa olmadi. U Ukrainaga o‘tmoqchi bo‘lgan. «Belta» axborot agentligining ma'lum qilishicha, voqea 18 oktabrda Novaya Rudnya o‘tkazish punktida yuz bergan.

Ushbu shaxs chegarachilarga pasportini ko‘rsatganda, ular hujjatning sahifalaridan birida odamcha, kemacha va uycha rasmlarini ko‘rishgan. Pasport egasining aytishicha, u avvalroq pasportni yangilash haqida ogohlantirish olgan, biroq buni inobatga olmagan.

Belaruslik chegaradan o‘tkazilmagan, pasporti esa qonunchilikka asosan musodara qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid