«O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan BYDʼlar chetdan olib kelinadiganlaridan arzon bo‘ladi» - «BYD Uzbekistan Factory» bosh direktori
O‘zbekistonda BYD'ning E2, Seagull va Yuan kabi ommabop modellarini ham ishlab chiqarish rejalashtirilyapti. Bu haqda ma’lum qilgan «BYD Uzbekistan Factory» bosh direktori Shafqatbek Alimovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan BYDʼlar chet eldan import qilinayotgan mashinalardan arzon bo‘ladi.
O‘zbekistonda BYD'ning E2, Seagull va Yuan kabi ommabop modellarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu haqda «BYD Uzbekistan Factory» bosh direktori Shafqatbek Alimov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Tannarxni pasaytirish va ommabop modellarni xalqqa taqdim etish masalasi ham birinchi o‘rinda belgilangan. Yangi modellarni ko‘rsatdik. Xususan, E2, Seagull va Yuan kabi ommabop modellar manzur bo‘ldi», dedi Shafqatbek Alimov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan BYDʼlar chet eldan olib kelinayotgan mashinalardan arzon bo‘ladi.
«BYD bozorga kirib kelgandan beri narx-navo tushib boryapti. Bu holat bundan keyin ham davom etadi. Hozir aniq raqamlar bilan aytishim qiyin, lekin O‘zbekistonda ishlab chiqargan mashinamiz, chetdan olib kelib sotilayotgan mashinadan arzon bo‘ladi. Mahalliylashtirishni kuchaytirganimiz sari logistik xarajatlar kamayadi, qo‘shilgan qiymat ortadi va tannarx ham o‘z-o‘zidan tushib boradi. Elektromobillarning tannarxiga ta’sir qiladigan eng asosiy narsa bu – ularning batareyasi. O‘tgan yili batareyasi 1 kilovattining bahosi 132 dollar edi, bu yil 100 dollarga yaqinlashdi. 2025 yilga borib, 50 dollarga yaqinlashadi degan prognozlar bor. Chunki texnologiya rivojlanyapti, ishlab chiqarish hajmi ortyapti», dedi Alimov
Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan modellar eksport qilinganida, o‘sha bozorlarga Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillar olib kelinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Jizzaxda «BYD Uzbekistan Factory» qo‘shma korxonasi ishga tushirilgandi. Bu qiymati 160 million dollarlik loyihaning birinchi bosqichi bo‘lib, yiliga 50 ming dona elektromobil ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Mavzuga oid
18:07
BYD YUAN UP endi O‘zbekistonda: Shaharlarda harakatlanish uchun mos zamonaviy elektr SUV
12:30 / 05.10.2024
YeK: Xitoy elektromobillariga bojlarni oshirish yo‘li ochildi
21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi
09:50 / 21.09.2024