Özbekiston avtomobil sanoati korxonalari 2026 yil 1-çoragida 91 088 ta avtomobil sotdi, deya xabar berdi “Özavtosanoat” AJ. Bu körsatkiç – ötgan yilning mos davriga nisbatan 15 735 taga yoki 21 foizga köp.
Bir yillik dinamikaga qaralsa, BYD Uzbekistan sotuvlarni qariyb 2 barobarga oşirgani e’tiborli. Kompaniya ötgan yili yanvar-mart oylarida 4045 ta avtomobil sotgan bölsa, joriy yilning şu davrida sotuvlari 93 foizga oşgan va 7799 taga yetgan.
Şuningdek, 1-çorakda ADM Jizzakh sotuvlari 26 foizga (8623 tadan 10 886 taga), Khorezm Auto sotuvlari 24 foizga (21 275 tadan 26 348 taga) oşgan.
Bozor yetakçisi UzAuto Motors esa 12 foizlik ösişga erişgan: 1-çorakda sotilgan avtomobillar soni 40 985 tadan 45 881 taga yetgan.
Avtomobil brendlari kesimidagi raqamlarga kelsak, Chevrolet brendining bozordagi uluşi 80 foizdan pasayganini köriş mumkin: ötgan yili 1-çorakda bu brendga mansub avtomobillar bozorning 82,6 foizini taşkil etgan bölsa, hozir bu körsatkiç 79,3 foizgaça tuşgan.
Şu bilan birga, Chevrolet sotuvlari 16 foizga oşganini ham qayd etiş lozim. Lekin boşqa brendlar, aniqroği BYD (+93%) va Kia (+65%) sotuvlari bozor yetakçisiga qaraganda tezroq ösgani natijasida, ötgan bir yil davomida Çevrolet'ning bozordagi dominant uluşi 3,3 foiz punktga qisqargan.
Avtomobil modellari qatori yetakçisi – Chevrolet Cobalt sotuvi joriy yil birinçi çorakda 24 mingtaga yetmagan, bu – 17 foizlik pasayişni körsatadi.
Damas, Tracker va Onix'ga talab esa sezilarli oşgan: Damas sotuvi 22 foizga (18,8 mingta sotilgan), Tracker xaridorlari 55 foizga (11,2 mingta), Onix sotuvlari esa 156 foizga (10,4 mingta) köpaygan.












