Jamiyat | 10:21 / 19.12.2025
6264
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent aeroportida odam savdosiga aloqador gumonlanuvchi ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida odam savdosiga qarshi kurash yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent xalqaro aeroportida odam savdosiga aloqador gumonlanuvchi qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1998 yilda tug‘ilgan S.N. ikki nafar fuqaroni Tailand davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida jo‘natmoqchi bo‘lgan vaqtida aeroport hududida ushlangan.

Shuningdek, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur jinoiy harakatni hozirda Tailandda bo‘lgan, 2005 yilda tug‘ilgan F.A. tashkillashtirgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b”, “g”, “ye”, “z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid