Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 4 balli zilzila sodir bo‘ldi
Zilzila episentri Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida, Toshkentdan 193 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
Foto: Getty images
Seysmoprognostik monitoring markazi 11 noyabr kuni soat 22:32 da mamlakat hududida zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar berdi.
Yer silkinishining magnitudasi 3,9 ballni, chuqurligi esa 16 kilometrni tashkil etdi. Zilzila episentri Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida, Toshkentdan 193 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
Episentrda yer silkinishi 4 ball, viloyat hududida esa 2–3 ball atrofida sezilgan.
Talafotlar va jabrlanganlar haqida xabar berilmadi.
Mavzuga oid
09:13
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026
Botanika bog‘i hududida velosiped va samokatlar harakatlanishi taqiqlandi
18:00 / 31.03.2026
Namangan viloyati salohiyati sun’iy intellekt asosida chuqur tahlil qilinadi
16:48 / 31.03.2026