Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Botanika bog‘i hududida velosiped va samokatlar harakatlanishi taqiqlandi
Bu «ko‘plab so‘rovlar» va xavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oshirilgani ma’lum qilindi.
1 apreldan Toshkent Botanika bog‘i hududida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi taqiqlandi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati xabar berdi.
«Sizning va yaqinlaringizning xavfsizligi biz uchun har doim ustuvor vazifadir. So‘nggi vaqtlarda bog‘ hududida velosiped va samokatlarda harakatlanish davomida fuqarolarning yiqilishi va turli darajadagi tan jarohatlari olishi bilan bog‘liq noxush holatlar tez-tez kuzatilmoqda», deyiladi xabarda.
Shu sababli, «ko‘plab so‘rovlar hamda Ilmiy kengashning qaroriga asosan»: 2026 yil 1 apreldan boshlab Botanika bog‘i hududida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatilishi ma’lum qilindi.
«Ushbu chora barchamiz uchun bog‘da xavfsiz, tinch va osuda piyoda sayr qilish muhitini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Tabiat go‘zalligidan piyoda sayr qilib, xotirjam bahra olishingiz uchun barcha sharoitlar saqlab qolinadi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026