Özbekistonda atmosfera havosi sifatining keskin yomonlaşişi holatlarida amal qilinişi lozim bölgan harakatlar tartibi (algoritmi) işlab çiqiladi. Bu – havo sifatini yaxşilaşga oid prezident farmonida közda tutilgan.
Farmonga köra, 1 oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvçi tartib (algoritm) işlab çiqiladi:
- havo sifati xavfli darajaga yetganda aholini SMS-xabarlar, ommaviy axborot vositalari va raqamli platformalar orqali tezkor ogohlantiriş hamda xavf darajalari böyiça rasmiy ma’lumot beriş;
- aholini himoya qiliş çoralari sifatida oçiq havoda bölişni çeklaş, ayniqsa, bolalar, keksalar va surunkali kasalliklari bor şaxslar uçun uyda qoliş böyiça tavsiyalar beriş; ta’lim muassasalarida oçiq havo maşğulotlarini vaqtinça bekor qiliş; ommaviy tadbirlarni çeklaş hamda zaruriyatga köra davlat taşkilotlarida iş rejimini özgartiriş yoki masofaviy şaklga ötkaziş çoralarini belgilaş;
- sanoat, energetika, quriliş va transport sohalarida tezkor ta’sir çoralarini qöllab, jumladan, ifloslaniş manbalari böyiça operativ nazorat tadbirlarini ötkaziş, energetika korxonalarida mazut yoqişni çeklaş (ekstremal harorat holatlari bundan mustasno), sanoat korxonalarida taşlanmalarni vaqtinça kamaytiriş yoki töxtatiş, quriliş işlarini çeklaş, transport harakatini qisqartiriş va favvoralarni işlatiş, daraxtlar va yöl çetlarini suv sepiş orqali çangni bostiriş kabi çoralar va boşqalarni nazarda tutiş.
Atmosfera havosi sifati yomonlaşişi bilan boğliq holatlarni huquqiy jihatdan tartibga soliş, oldini oliş va oqibatlarini kamaytirişga qaratilgan taşkiliy-huquqiy mexanizmlarni nazarda tutuvçi normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2026 yil 30 dekabrgaça kiritilişi lozim.
Şuningdek, atmosfera havosi ifloslanişi yuqori bölgan hududlarda taşlamalarni çeklaş tizimi joriy etiladi. Bu yönalişdagi vazifalar quyidagiça:
- hududlarning yöl qöyiladigan antropogen yuklama me’yorini aniqlaş, jami ruxsat etilgan taşlamalar hajmini belgilaş, umumiy kvotani bosqiçma-bosqiç qisqartiriş, taşlamalar kadastrini yuritiş böyiça ilmiy asoslangan uslubiyotlarini işlab çiqiş (ijro muddati – 2026 yil 1 iyul);
- atmosfera havosi ifloslanişi yuqori bölgan hududlarda taşlamalar çeklaş tizimini joriy qiliş yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini












