Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDF eshik va romlari ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
2019 yilning 7 avgust kuni soat 08:17 da Jizzax shahri “Sangzor” MFY O.Azimov ko‘chasida joylashgan “Bahodir Isomiddinov” XKga qarashli MDF eshik va romlari ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida yong‘in joyiga zudlikda 7 ta asosiy yong‘in o‘chirish va 1 qutqaruv bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar voqea joyiga 4 daqiqada yetib borgan.
Yong‘in 08:55da o‘rab olinib, 09:18da bartaraf etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan ikki qavatli sex binosining 250 kv. metr maydoni saqlab qolinishiga erishilgan va alanganing qo‘shni binolarga o‘tib ketishi oldi olingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in oqibatida ishlab chiqarish sexining 230 kv. metr maydonda tomi, shifti, ichki jihozlari va mahsulotlari yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
14:57 / 07.01.2026
“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylabman” – Jizzaxda ovchi o‘z sherigini otib qo‘ydi
10:01 / 06.01.2026
Tashkent City hududida konteyner yonib ketdi
15:42 / 05.01.2026