Kecha, 17 fevral kuni soat 15:47 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Niyozbek ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida FVBBga xabar kelib tushgan.

Ma’lum qilinishicha, qutqaruv bo‘linmalari soat 15:54 da hodisa joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:59 da qurshab olingan va soat 16:02 da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida uyning taxminan 70 kv m maydonda tom qismi hamda ichki qismi yonib zararlangan. Hodisada tan jarohati olganlar yo‘q.

Ayni paytda yong‘in sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.