Asadjon Xodjayev / Foto: Kun.uz

Noyabr oyidayoq havo keskin sovib, qorlar yoğib, Özbekistonda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari ölda-jölda bajarilganini ayon qilib qöydi.

Elektr energiyasi işlab çiqaruvçi korxonalarda avariyalar röy berdi va elektr tarmoğida uzilişlar kuzatila boşladi, köplab aholi punktlarida tok berişga çeklovlar joriy etildi.

Albatta, bu odamlarning keskin noroziligini keltirib çiqara boşladi.

Kun.uz sayti 22 noyabr kuni «Xalqqa svet-gaz bering!» – ijtimoiy tarmoqlarda azaliy va oğriqli mavzu» sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan fikrlar jamlangan materialni e'lon qildi.

Mazkur material yuzasidan tahririyatimizga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev tomonidan 23 noyabr sanasi bilan imzolangan ogohlantiriş xati kelib tuşdi.

Xatda AOKA tomonidan Facebook ijtimoiy tarmoği foydalanuvçisi Dilşod Odilov va yozuvçi Uluğbek Hamdamning postlaridan keltirilgan jumlalarga e'tiroz bildiriladi.

«Materialda elektr energiya hamda tabiiy gazni aholiga yetkazib beriş bilan boğliq joylardagi muammolar bir tomonlama hissiyotga berilgan holda yoritilgan», – deb yoziladi ogohlantiriş xatida va iqtibos keltiriladi.

«Tahririyat materialda mamlakatda tabiiy gaz qazib olişning pasayiş sabablari, hukumat tomonidan aholiga elektr hamda tabiiy gaz va suyultirilgan gaz yetkazib beriş böyiça körilayotgan çora-tadbirlarga, xususan, yoqilği energetika kompleksini modernizatsiya qiliş hamda iste'mol qiliş sohasidagi qator islohotlarga atrofliça töxtalmagan», – deb yoziladi xatda.