Özbekiston hukumati 2025 yil 27 noyabrda qabul qilingan 749-son qaror bilan “Elektr energiyasini hisobga oliş tartibi töğrisida”gi nizomni tasdiqladi. Hujjat elektr energiyasini işlab çiqarişdan tortib, iste’molçigaça yetkaziş jarayonlarida hisobga oliş tizimi qanday talablarga javob berişi kerakligini belgilaydi.
Nizomga köra, elektr energiyasini hisobga oliş tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat böladi:
aktiv va reaktiv energiya miqdorini hisobga oluvçi hisoblagiç, unga qöşimça örnatilgan impulsni qayd etiş moslamasi, vaqt manbai va batareya;
aniqlik sinfi va yuklamasi hisoblaş aniqligiga mos bölgan ölçov transformatorlari;
ikkilamçi zanjirlar, ulaş simlari, sinov bloki yoki öçirib-yoqiş qurilmasi, yuklama rezistorlari, hisoblagiç şkafi, xavfsizlik muhrlari va qulflar.
Elektr energetikasi obektlarini loyihalaştiriş bosqiçida hisobga oliş tizimining umumiy nisbiy xatoligi baholanişi va uni minimal darajaga tuşiriş böyiça çoralar körilişi şart etib belgilandi.
Şuningdek, har bir hisobga oliş nuqtasi böyiça avtomatik tarzda ma’lumotlar jurnalini yuritiş majburiy hisoblanadi. Uşbu jurnallar kamida 5 yil muddatda saqlanişi va axborot xavfsizligi talablariga mos tarzda arxivlanişi lozim.











