Jahon | 18:23 / 12.12.2016
4203
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko Belorussiya maxsus topshiriqli bo‘linmalariga Rossiyada amaliyot o‘tkazishga ruxsat berdi

Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z farmoni bilan Rossiya hamda Belorussiya o‘rtasidagi belorussiya maxsus topshiriqli bo‘linmalarining terrorchilikka qarshi amaliyotlarda ishtrok etishi borasidagi kelishuv loyihasini tasdiqladi. Ular har ikki mamlakat hududida o‘tkazilishi mumkin, deb xabar beradi «Interfaks».

Farmonga ko‘ra, Belarus respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasi hududida o‘tkaziladigan terrorchilikka qarshi amaliyotlarda maxsus topshiriqli bo‘linmalar ishtirok etishi mumkin. 

Shuningdek, Lukashenko bu farmon bilan Belorussiya davlat xavfsizligi qo‘mitasiga kelishuv loyihasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish vakolatini berdi.

Bundan tashqari, DXQ kelishuvga “muhim xarakterga ega bo‘lmagan” o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishi ham mumkin. Kelishuv matni esa oshkor etilmayapti.

Mavzuga oid