Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko farmon imzolab, 22 nafar şaxsni afv etdi. Bu haqda seşanba, 30 dekabr kuni uning matbuot xizmatiga yaqin “Pul pervogo” Telegram-kanali xabar qildi. Ozod etilganlarning 20 nafari avval “ekstremistik” moddalar böyiça hukm qilingan. Huquq himoyasi bilan şuğullanuvçi “Vyasna” markazi ma’lumotiga köra, gap siyosiy mahbuslar haqida ketmoqda.
Ozodlikka 15 nafar ayol va 7 nafar erkak çiqadi, ulardan 11 nafarining voyaga yetmagan farzandlari bor. Afv etilganlarning ismlari oçiqlanmagan. Ular Belarusdan çiqarib yuborilgan-yöqmi — hozirça noma’lum. Lukaşenko matbuot xizmati da’vo qilişiça, “ularning barçasi davlat rahbari nomiga afv etiş haqida iltimosnoma bilan murojaat qilgan, aybini tan olgan va qilgan işidan puşaymon bölgan”.
2025 yil 13 dekabr kuni Aleksandr Lukaşenko va Belarus böyiça maxsus vakil Jon Koul boşçiligidagi AQŞ delegatsiyasi örtasidagi muzokaralardan keyin mamlakat hokimiyati 123 nafar siyosiy mahbusni ozod qilgan edi.
Ular orasida Belarus muxolifatining yetakçilaridan biri Mariya Kolesnikova, Belgazprombankning sobiq rahbari va 2020 yilgi prezidentlik saylovida nomzod bölgan Viktor Babariko, şuningdek “Vyasna” huquq himoya markazi rahbari va Tinçlik böyiça Nobel mukofoti laureati Ales Belyatskiy ham bölgan. Ularning barçasi Belarus hududidan çiqarib yuborilgan.
“Vyasna” ma’lumotlariga köra, Belarusda 2024 yil iyul oyidan beri afv etiş orqali 569 nafar siyosiy mahbus ozod qilingan. 2025 yilda afv etilgan siyosatçi Nikolay Statkeviç mamlakatni tark etişdan boş tortganidan keyin uni qaytadan koloniyaga qaytarişgan.












