Donald Tramp va uning ma’muriyati bir yildan kamroq vaqt içida Aleksandr Lukaşenko bilan 250 nafardan ortiq mahbuslar, jumladan, Belarus muxolifati yetakçilari Sergey Tixanovskiy, Ales Belyatskiy, Viktor Babariko va Mariya Kolesnikova kabilarni ozod etiş böyiça kelişuvga erişdi. Buning evaziga AQŞ Belarusga qarşi sanksiyalarni biroz yumşatgan. Amerika diplomatiyasining bu yönalişidagi asosiy şaxs – Trampning maxsus vakili Jon Koul hisoblanadi. The Wall Street Journal naşri yozişiça, u Lukaşenko bilan döstlaşib olişga muvaffaq bölgan – şunçalikki, unga oziş uçun vositalar tavsiya etgan. Lukaşenko esa endi Trampga Putin bilan muloqot örnatişda yordamlaşmoqda.
Huquqşunos Jon Koul – Donald Trampning eski tanişi. 2021 yilda, Tramp öz akkaunti bloklangani uçun Facebook bilan sudlaşganida, Koul uning manfaatlarini himoya qilgan. 2025 yil boşida, Tramp ikkinçi bor prezidentlik lavozimiga kirişganida, kompaniya mazkur da’voni hal qilib, Trampga 20 million dollardan ortiq tovon tölab bergan.
2025 yil bahorida, Koul Londonda ekanida, unga Davlat departamentidan kutilmagan qönğiroq böladi va Belarusga uçib, Yuriy Zenkoviçni olib qaytiş söraladi – bu Belarus va Amerika fuqaroligiga ega bölgan huquqşunos hamda faol edi. U 2011 yilda Rossiyada uşlangan, maxfiy ravişda Belarusga olib ötilgan va bu yerda davlat töntarişini tayyorlaş işi böyiça 11 yilga qamalgandi.
Aleksandr Lukaşenko Zenkeviçni «ezgu niyat işorasi» sifatida - AQŞ bilan sanksiyalar rejimini yumşatiş böyiça muloqotga kirişiş uçun ozod qilgandi. Jon Koul uni Belarusdan olib çiqib ketgan. Keyinroq AQŞda u Belarusning BMTdagi elçisi bilan uçraşadi, elçi Lukaşenko birinçi navbatda Boeing Belarusga samolyot ehtiyot qismlarini yetkazib berişni qayta tiklaşidan manfaatdor ekanini aytadi. Şu jumladan, uning Boeing 767 rusumli şaxsiy layneri uçun. Şu tariqa, Jon Koul Trampning yana bir maxsus vakiliga aylanadi.
Koulning özi tan olişiça, 2025 yil boşida uni Belarus böyiça maxsus elçi etib tayinlaşganida, u bu mamlakat qayerda joylaşganini ham bilmagan. Sönggi bir yil içida Koul Lukaşenko bilan şunçalik yaqinlaşadiki, ular birgalikda araq içib, suhbatlar qurişgan. U ilk bor Minskka kelganida Lukaşenko prezident saroyida ziyofat uyuştirgan va unda «spirtli içimliklar daryo bölib oqqan». «Diktator prezident ramzlari tuşirilgan öz içimligi bilan şunçalik köp qadah kötarganki, Koul u boşini burgan paytni poylab, ularni sezdirmay tökib taşlaşga majbur bölgan», – deb yozadi WSJ.












