O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lgan, uy-joyga muhtoj yetim bolalarga yangi qurilgan uy-joylar bepul ajratiladi
Prezident mehrga muhtoj yoshlarga uy-joy berish masalasini Bosh vazir hamda Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari boshchiligida komissiya nazoratga olishini bildirdi.
Prezident mehribonlik uylari bitiruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi yanada takomillashtirilishi, jumladan, 18 yoshga to‘lgan, uy-joyga muhtoj yetim bolalarga yangi qurilgan uy-joylar bepul ajratilishini ma'lum qildi.
«Buning uchun, 757 nafar bolaga uy-joy sotib olishga joriy yilda budjetdan 120 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Uning 50 foizi respublika, qolgan 50 foizi mahalliy budjetdan beriladi.
Viloyat hokimlari 1 oktyabrga qadar 757 nafar yetim bolalarni uy-joy bilan ta'minlaydi. Bunday bitiruvchilarni uy-joy bilan ta'minlash bilan hokimlar shu paytgacha shug‘ullanmagan, desak bu ayni haqiqat bo‘ladi.
Bosh vazir hamda Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari boshchiligida komissiya tuzilib, mehrga muhtoj yoshlarga uy-joy berishni shaxsan nazoratga oladi.
Bir oy muddatda avval uy-joy ajratilgan deb ko‘rsatilgan 610 nafar yoshlar bilan ham birma-bir uchrashib, qo‘shimcha uy-joyga ehtiyojini aniqlab, ularga joriy yilda ijara to‘lovlarini to‘liq kompensatsiya qilib berish zarur», degan davlat rahbari.
Yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan iqtidorli talabalar stipendiyasi 50 foizga oshirilishi ma'lum qilindi. Ota-onasidan ajragan talabalarga pensiya to‘lash muddati amaldagi 18 yoshdan 23 yoshgacha uzaytiriladi. Bu talabalarga zarur adabiyotlar sotib olish uchun har yili bir marta 1,2 million so‘m subsidiya beriladi.
«Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va davolashga doir islohotlarimiz jadal davom etadi. Bu maqsadlar uchun 1 avgustdan boshlab budjetdan qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratiladi. Jumladan, 2 ming nafar bola uchun 10 milliard so‘mlik 4 mingta zamonaviy eshitish vositalari xarid qilinadi. 615 nafar 5 yoshgacha kar-soqov va eshitishi zaif bolalarga 45 milliard so‘mlik eshitishga ko‘maklashuvchi maxsus implantlar o‘rnatiladi.
Tug‘ma yurak nuqsoni bor 2 ming nafar, bosh miyada o‘zgarishlari bor 1 ming nafar hamda harakat a'zolari kasalliklari bo‘yicha 1,7 ming nafar bolalarda bepul jarrohlik operatsiyalari o‘tkaziladi, ularning 1 ming nafari protezlash va boshqa zarur uskunalar bilan ta'minlanadi (bunga jami 30 milliard so‘m ajratiladi).
Shuningdek, joriy yilda harakatlanishi cheklangan 1 ming 100 nafar bolalar elektr kreslo-aravachalar bilan ta'minlanadi (bunga 10 milliard so‘m).
Kelgusi 5 yilda yana 12 ming nafar nogironligi bo‘lgan bolalar bu aravachalar bilan ta'minlanadi. Bundan tashqari, yetim bolalar uchun xorijda o‘tkaziladigan murakkab jarrohlik amaliyotlari budjetdan to‘liq kompensatsiya qilinadi», – dedi davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
Xaosga chek qo‘ymoqchi edi, aksi bo‘lib chiqdi: Bayden o‘z siyosiy merosini qanday barbod qildi?
Jahon | 20:16 / 23.01.2025
“Chorsu”da 4 ming, “Farhod”da 10 ming – kartoshka narxlari qanday tebranyapti?
Iqtisodiyot | 11:21 / 23.01.2025
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
«Husanov allaqachon moslashgan» – Gvardiola Abduqodirni «Chelsi»ga qarshi o‘yinga tayyor deb hisoblamoqda
Sport | 00:27
-
Turkiyaning Konya viloyatida to‘rt qavatli uy qulab tushdi - video
Jahon | 23:47 / 24.01.2025
-
Tramp Ukraina urushi boshlanishida Putin va Zelenskiyni aybladi
Jahon | 23:07 / 24.01.2025
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024