Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobillarda yo‘lovchilar va yuk tashish xavfsizligini ta'minlash tartibi yangilanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida avtomobilda yo‘lovchilar va yuk tashish xavfsizligini ta'minlash hamda tekshirish bo‘yicha nazoratni tashkil etish va o‘tkazish tartibi haqidagi Nizom loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Loyihada qayd etilishicha, avtomobilda yuk va yo‘lovchi tashish xavfsizligini nazorat qilish amaliyoti yirik yo‘lovchi va yuk tashish maskanlarida (temir yo‘l vokzallari va stansiyalari, daryo portlari, metropolitenning so‘nggi bekatlari, yo‘nalishlardagi so‘nggi va oraliq bekatlarda) amalga oshiriladi.
Inspektsiya avtomobillariga "Avtotransport nazorati" yozuvi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi timsoli tushiriladi, qizil-ko‘k mayoq hamda ovozkuchaytirgich o‘rnatiladi.
Inspektsiya xodimi avtotransportni maxsus tayoqcha, ovozkuchaytirgich yoki qizil-ko‘k mayoqni yoqish orqali to‘xtatadi.
U ism-sharifi, lavozimini aytib o‘zini tanishtiradi, xizmat guvohnomasini ko‘rsatganidan so‘ng, haydovchilik guvohnomasi (haydovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat), yo‘l varaqasi, litsenziya kartochkasi, transport vositasining ro‘yxatga olinganligi haqidagi guvohnoma va boshqa hujjatlarni so‘rashi mumkin.
Qonun buzilishi holati aniqlanganida nazoratchi shaxs ikki nusxada bayonnoma tuzib, bayonnomalardan birini haydovchiga, ikkinchisini tegishli idoraga topshiradi. Nazoratchi shaxsning imzosi uning shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlanadi. Qoida buzgan shaxs bayonnomaning har ikki nusxasiga imzo qo‘yishi shart. Haydovchi bayonnomaga imzo chekishni rad etgan taqdirda, bu haqda tegishli yozuv kiritiladi.
Qonun buzilishi holati aniqlanmagan hollarda nazoratchi shaxs yo‘l varaqasiga (xorij avtotransport vositasi uchun ruxsatnoma blankining orqa tarafiga) nazoratdan o‘tkazilganini anglatuvchi shtampni bosiladi, hisob yuritish va ro‘yxatga olish jurnallariga tegishli yozuvlar kiritiladi.
Nazoratchi shaxs tomonidan bosilgan shtamp tekshirilgan transport vositasining manzilga qadar qayta tekshiruvlarsiz borishi uchun asos bo‘ladi.
Inspektsiya xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida yo‘l harakati ishtirokchilariga aniq ko‘rinadigan va qoidabuzarlikni o‘z vaqtida bartaraf etish imkoniyatini beradigan joyni tanlashi shart. Qorong‘u va ko‘rish cheklangan vaqtlarda nazoratchi yo‘lning yoritilgan qismida turishi hamda yoriqlik taratuvchi tayoqcha va yorug‘lik qaytaruvchi libosda bo‘lishi shart.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
-
«Oq oltin» balosi: O‘zbekistonda paxta qulligi tarixi, oqibatlar va bugungi kun haqida
O‘zbekiston | 22:01 / 24.07.2025
Mavzuga oid

07:11 / 01.07.2025
Armaniston va YeI mudofaa va xavfsizlikda hamkorlik bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshlayapti

10:12 / 19.04.2025
Markaziy Osiyo xavfsizlik kengashlari rahbarlari terrorizmga qarshi kurashni muhokama qildi

13:15 / 01.04.2025
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi

10:05 / 29.03.2025