Jahon | 14:55 / 03.04.2022
67348
7 daqiqa o‘qiladi

Kiyev atrofida texnikalar qabristoni, dahshat ichida qolgan jonivorlar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 38 kuni o‘tdi. Kiyev oblastidagi shaharlar ko‘chalarida rossiyalik harbiylar ketishidan keyin tinch aholi vakillarining o‘nlab jasadlari qolgan — ularning ayrimlarining qo‘li bog‘liq holatda. Human Rights Watch huquq tashkiloti xodimlari ma’lumotiga ko‘ra, Bucha shahrida kamida bitta sudsiz qatl holati qayd etilgan. Mariupol elektr, suv va gazsiz qolmoqda. Irpen aholisi o‘rmonga dafn etilmoqda. Rossiya bilan muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga rahbarlik qiluvchi David Araxamiyaning ma’lum qilishicha, Rossiya Kiyevning tinch yo‘l bilan tartibga solish loyihasini og‘zaki qabul qildi – Qrim bo‘yicha taklif bundan mustasno. 

Ukrain harbiy xizmatchisi dunyodagi eng katta samolyot bo‘lgan An-225 «Mriya» yuk tashuvchi samolyoti oldida. «Mriya» rossiyalik harbiylar tomonidan yo‘q qilingan. Gostomel posyolkasi, Kiyev oblasti.
Mikhail Palinchak / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar. 3 aprel, urushning 39-kuni

  • Kiyev yaqinidagi Bucha shahridan rossiyalik harbiylar ketgach, tinch aholi vakillarining ko‘plab jasadlari topilmoqda. G‘arb agentliklari jurnalistlari birgina ko‘chaning o‘zida fuqarolik kiyimidagi 20 nafarga yaqin erkakning jasadlarini aniqlashgan. Bucha meri Anatoliy Fedoruk Frans press agentligi muxbiri bilan suhbatda «280 kishi birodarlik qabristonlariga ko‘milgani» haqida xabar berdi.
  • Human Rights Watch Buchada harbiy jinoyat sodir etilgani bo‘yicha dalillar borligini ma’lum qilgan. Rossiya mudofaa vazirligi ushbu shahardagi vaziyat bo‘yicha izoh bermagan.
  • Ukraina mudofaa vazirligi Kiyev oblasti hududida rossiyalik harbiylar qolmagani haqida ma’lum qildi.
  • Tongda Odessada davomli portlashlar kuzatildi, mahalliy rasmiylar shaharning bir necha rayonlarida yong‘inlar yuzaga kelganini xabar qilgan. Rossiya mudofaa vazirligi shahardagi neft saqlanuvchi bazalarga raketa zarbalari berilganini tasdiqlagan.
  • Britaniya mudofaa vazirligi Ukraina janubi-sharqida Rossiya aviatsiyasi faollashgani haqida xabar bergan, Ukraina bosh shtabi esa yakshanbaga o‘tar kechasi Rossiya raketa zarbalari yo‘llanishi kamayganini ma’lum qilgan.
  • Mariupolda litvalik kinodokumentalist Mantas Kvedaravichyus halok bo‘lgan.
  • Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bosib olingan shaharlarda norozilik aksiyalari o‘tkazayotgan ukrainlarga minnatdorchilik bildirdi.
  • Kiyev oblasti rasmiylari uyga qaytishga shoshilmaslikka chaqirmoqda – minalarni zararlantirish ishlari olib borilmoqda.

Quyida so‘nggi kunlarda Ukrainada olingan eng ta’sirli suratlar. 

Irpenga kirishdagi vayron bo‘lgan ko‘prik, Kiyev oblasti.
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Xarkov aholisi zarbalar vaqtida shikastlangan uy oldida turishibdi
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain politsiyachisi yakson etilgan rus harbiy texnikalari oldidan o‘tmoqda. Kiyevdan g‘arbdagi Dmitrovka qishlog‘i. Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Kiyev oblastida rossiyalik harbiylar qolmaganini ma’lum qildi.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Tankdagi ukrain harbiylari zarbaga uchragan avtomobil yonidan o‘tishmoqda. Uning ichida haydovchi qolib ketgan. Kiyev oblasti
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Mariupolliklar otishma vaqtida vayron bo‘lgan uy yaqinidan o‘tishmoqda. Shaharda janglar davom etmoqda. Odamlar elektr, ichimlik suvi va gazsiz yashamoqda.
Foto: Sergey Bobilev / TASS
Lugansk oblastidagi Rubejnoye qishlog‘ida gumanitar yordam tarqatilishi. Foto: Aleksandr Reka / TASS
Ustidan tank yurib o‘tgan avtomobil. Kiyev yaqinidagi Dmitrovka qishlog‘i
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan voler hududida yurgan tuyaqush, Kiyevdan 40 kilometr masofadagi Yasnogorodka qishlog‘i. Yasnogorkdagi ekopark kiyevliklarning sevimli dam olish maskanlaridan biri edi.
Sergei Supinsky / EPA / Scanpix / LETA
Xarkov yaqinida, front chizig‘idagi Chuguyev shahrida yaralanganlar yotgan shifoxona. Xarkovga bir oydan ortiq vaqt davomida artilleriya zarbalari berilmoqda.
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Irpen o‘rmonida paydo bo‘lgan chormixlar. Bu yerga Kiyev oblastidagi shaharga qilingan hujum vaqtida halok bo‘lganlar ko‘milgan.
Rodrigo Abd / AP / Scanpix / LETA
Ukrain askarlari Irpenda to‘p tepishmoqda. Foto: Rodrigo Abd / AP / Scanpix / LETA
Ukraina askarlari rossiyaliklarning yakson etilgan tanklari fonida suratga tushishmoqda. Bucha, Kiyev oblasti.
Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA
Kozarovichi qishlog‘iga qaytgan ukrain bayrog‘i, Kiyev oblasti. 
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev yaqinida yonib ketgan Rossiya harbiy texnikalari
Ronaldo Schemidt / AFP / Scanpix / LETA
Serhii Mykhalchuk / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari Irpenda patrullik qilmoqda
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan xususiy hayvonot bog‘idan chiqib ketgan tuyaqush o‘rmonda yuribdi
. (AP Photo/Vadim Ghirda) / Scanpix / LETA
Ko‘ngillilar ponini evakuatsiya qilishmoqda
(AP Photo/Vadim Ghirda) / Scanpix / LETA
Xususiy uydagi bog‘da turgan ohu. Mahalliy aholi so‘zlariga ko‘ra, u Dmitrovka rayoni rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilgan chog‘da yaralangan
REUTERS/Zohra Bensemra / Scanpix / LETA
(Photo by Sergei SUPINSKY / AFP) / Scanpix / LETA
Kiyev yaqinidagi shosseda yotgan jasad va yonib ketgan avtomobil.
Mikhail Palinchak / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupolda yashovchi ayol ko‘chada ovqat tayyorlayapti. Ayol 60 yoshda, urush boshlanguniga qadar hisobchi bo‘lib ishlagan. Hozir bolalar uyi binosida havo hujumlaridan yashirinib yashamoqda
Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik askarlar Kiyevda qoldirib ketilgan Rossiya texnikasini ko‘zdan kechirmoqda
Foto: EPA / Scanpix / LETA
Mariupol ko‘chalaridagi DXR xalq militsiyasi harbiylari. Foto: Sergey Bobilev / TASS
Mariupoldagi drama teatri yaqinida o‘qqa tutilgan avtomobil, yuk mashinasining tepasiga «Bolalar» yozuvi yopishtirilgan
Sergey Bobilev / TASS

 

Mavzuga oid