Jahon | 15:57 / 18.08.2025
11876
3 daqiqa o‘qiladi

Vashingtondagi uchrashuv arafasida Rossiya Xarkivga zarba berdi – fotosuratlar

Uyning yuqori qavatiga dron kelib urilishi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, shundan besh nafari bir oila a’zolari – ota, ona, 16 yoshli o‘smir, bir yarim yoshli qizcha va buvi.

18 avgust kuni Vashingtonda AQSh va Ukraina prezidentlari Donald Tramp hamda Volodimir Zelenskiyning uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak, muzokaralarda Yevropa yetakchilari ham ishtirok etishi ko‘zda tuilgan. Tomonlar urushni yakunlash imkoniyatini muhokama qilishadi.

Bundan oldin, 15 avgust kuni Tramp Alyaskada RF prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ularning muzokaralaridagi asosiy mavzu Ukraina bo‘ldi. Ankorijda o‘tkazilgan muzokaralar vaqtida Ukraina droni Kurskdagi turar joy binosiga borib urilishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, 10 dan ortiq kishi jarohatlandi.

18 avgustga o‘tar kechasi Xarkivda Rossiya dronlari Sanoat rayonidagi besh qavatli uyga kelib urilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yetti kishi halok bo‘lgan, shundan besh nafari bir oila a’zolari bo‘lgan – ota, ona, 16 yoshli o‘smir, bir yarim yoshli qizcha va buvi halok bo‘lgan. Oblast ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning ma’lum qilishicha, kamida 30 kishi jarohatlangan. Xarkiv shahri meri Igor Terexov erta tongda, odamlar uxlab yotgan paytda turar joy binosini mo‘ljallab zarba berilgani haqida yozdi. «Toza terror. Izohi ham, oqlovi ham bo‘lmagan terror», – dedi u telegram-kanalida. 18 avgust Xarkiv oblastida motam kuni deb e’lon qilindi. Quyida hujum joyida olingan kadrlar keltiriladi.

State Emergency Service of Ukraine in Kharkiv region / Reuters / Scanpix / LETA
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Kharkiv Regional Prosecutorʼs Office / Anadolu / Getty Images
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid