O‘zbekiston | 18:20 / 07.07.2018
98095
2 daqiqa o‘qiladi

8 iyul kuni O‘zbekistonda issiqlik harorati rekordi yangilanadi

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 iyul kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi 24-26, kunduzi 41-43 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 24-29, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 25-30, kunduzi 40-45, cho‘l hududlarida 44-45 darajagacha issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 24-29, kunduzi 38-43 daraja issiq  bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 25-30, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, 40 daraja issiqdan yuqori ob-havo sharoiti O‘zbekiston iqlimi uchun begona holat emas. Masalan, 2017 yil iyul oyida ham shunday havo harorati kuzatilgan. 2015 yil iyul, 2013 yil avgust oyi boshida ham O‘zbekistonda jazirama bo‘lgandi. 

Toshkent shahridagi ob-havoning eng issiq darajasi 1997 yil 18 iyulda, ya'ni 20 yil ilgari qayd etilgan. O‘shanda kunduzi quyosh nurlari 44,6 darajagacha qizdirgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid