Hafta boshlarida respublika hududlarida past bosimli issiq ob-havo sharoiti hukmron bo‘lib, ko‘plab viloyatlarda havo harorati +33...+36 darajagacha issiq bo‘ladi.

Mavsumiy namlikning biroz ko‘p bo‘lishi hisobiga bu kabi issiqlik dim havo muhiti kabi qabul qilinadi. Nabotot olami uchun esa bu juda foydali harorat to‘lqinidir.

30 aprel va 1 may kunlari vodiy va tog‘li hududlarda ham qisqa muddatli jala yog‘ishi kutilmoqda. Respublika hududlari va qo‘shni tog‘li mamlakatlarning suv omborlaridagi suv hajmi bilan bog‘liq holatlar joriy yuqori namgarchilik sabab ancha yaxshi.