O‘zbekiston | 17:49 / 12.12.2025
38016
2 daqiqa o‘qiladi

Barcha hududlarda metan zapravkalar ish vaqtiga cheklov kiritildi

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati tungi vaqtda to‘xtatiladi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga cheklov kiritildi. Bu haqda «Hududgazta’minot» kompaniyasining filiallari xabar berdi.

Qayd etilishicha, cheklovlar hokimliklar bilan kelishilgan qaror asosida kiritilgan:

- Andijon viloyatidagi 143 ta metan zapravka ishi soat 5:00 dan 17:00 gacha;

- Buxoro viloyatidagi 95 ta metan zapravka soat 6:00 dan 19:00 gacha;

- Jizzax viloyatidagi 50 ta metan zapravka soat 5:00 dan 17:00 gacha;

- Navoiy viloyatidagi 51 ta metan zapravka soat 6:00 dan 19:00 gacha;

- Namangan viloyatidagi 134 ta metan zapravka ishi soat 5:00 dan 17:00 gacha;

- Sirdaryo viloyatidagi 53 ta metan zapravka soat 6:00 dan 18:00 gacha;

- Surxondaryo viloyatidagi 106 ta metan zapravka soat 6:00 dan 17:00 gacha;

- Samarqand viloyatidagi 135 ta metan zapravka soat 5:00 dan 17:00 gacha;

- Toshkent shahridagi 78 ta metan zapravka ishi soat 6:00 dan 23:00 gacha;

- Toshkent viloyatidagi 117 ta metan zapravka soat 5:00 dan 17:00 gacha;

- Farg‘ona viloyatidagi 173 ta metan zapravka soat 6:00 dan 18:00 gacha;

- Xorazm viloyatidagi 94 ta metan zapravka soat 5:00 dan 17:00 gacha;

- Qashqadaryo viloyatidagi 116 ta metan zapravka soat 5:00 dan 17:00 gacha;

- Qoraqalpog‘istondagi 124 ta metan zapravka soat 6:00 dan 18:00 gacha;

«Hududgazta’minot» bu choralar vaqtincha ekanini, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini bildirdi. Cheklovlar qachon olib tashlanishi haqida xabar berilmadi.

Mavzuga oid