Koson tumanida Damas maşinasi portladi. FVV xabariga köra, holat bugun soat 10:30da Koson tuman Yangiobod mahallasi hududida sodir bölgan.
Çorrahada harakatlanmay turgan Damas maşinasiga örnatilgan siqilgan gaz balloni portlagan. Ballon texnik nosoz bölgan.
Qayd etilişiça, hodisa oqibatida heç kim tan jarohati olmagan va yonğin yuzaga kelmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan video tarqaldi. Unda portlaş oqibatida Damas'ga örnatilgan ballon bölaklarga bölinib, atrofdagi maşinalar ustiga tuşgani körinadi.
Hozirda hodisa sababi va zarari aniqlanayotgani ma’lum qilindi.













