Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Suriyadan harbiy texnikasini olib chiqishga tayyorlanmoqda
Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyaliklar Suriyadan harbiy texnikani olib chiqishga hozirlik ko‘rmoqda. Xususan, bundan Xmeymim aviabazasining sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlari dalolat beradi.
Rossiya harbiylari Suriyadan harbiy texnikani olib chiqishga tayyorlanmoqda, buni ekspertlar va jurnalistlar tomonidan tahlil qilingan ochiq manba ma’lumotlari tasdiqlaydi. Xususan, Suriyaning Latakiya viloyatidagi Xmeymim aviabazasidan drondan olingan videoda OSINT tahlilchilar chamadonli odamlar samolyotga chiqishga hozirlanayotganini, shuningdek, jo‘natish uchun tayyorlangan 91N6Ye radar majmuasini payqashdi, deb yozadi 13 dekabr, juma kuni mustaqil matbuot.
Radar tizimida qo‘llangan S-300 va S-400 raketa tizimlari hozir ham o‘z joyida, biroq ularning uchirish qurilmalari Suriya hukmdori Bashar Asad ag‘darilishiga qadar bo‘lgani kabi jangovar shay holatda emas.
Nashr, shuningdek, The Times gazetasi Suriyadagi muxbirining Xmeymim bazasiga Rossiya harbiy texnikasi yetib kelgani aks etgan videolavhaga tayanadi. Baza qo‘riqchilari jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi o‘z qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqib ketayotganini tasdiqladi.
Xmeymim bazasida - rekord darajadagi samolyotlar
Shu bilan birga, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari shuni ko‘rsatadiki, 13 dekabr kuni Xmeymim aviabazasida so‘nggi kunlarda rekord darajadagi samolyotlar, jumladan ikkita An-124 «Ruslan» bo‘lgan. Ayni paytda, Tartus harbiy-dengiz bazasidagi rus fregatlari 13 dekabr kuni o‘z to‘xtash joyiga qaytmagan, bu sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida ko‘ringan.
Avvalroq Suriyada hokimiyatni qo‘lga kiritgan isyonchilar Rossiyaning mamlakatdagi harbiy bazalari va diplomatik vakolatxonalari xavfsizligini kafolatlagani xabar qilingandi. «Rossiya rasmiylari Suriyadagi Rossiya harbiy bazalari va diplomatik muassasalari xavfsizligini kafolatlagan qurolli Suriya muxolifati vakillari bilan aloqada», — deya Kremldagi manbaga tayanib TASS xabar berdi.
Suriyadagi manbaning TASS'ga ma’lum qilishicha, isyonchilar Rossiyaning Xmeymim aviabazasi va harbiy-dengiz bazasi joylashgan qirg‘oqbo‘yi Tartus va Latakiya hududlarini to‘liq nazorat qilmoqda. «Muxolifat qurolli kuchlari Rossiyaning normal faoliyat yuritayotgan harbiy bazalari hududiga bostirib kirmagan va bostirib kirish niyatida ham emas», — ta’kidladi manba.
Mavzuga oid
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
08:44 / 05.06.2026