Ukraina rasmiylarining ma’lum qilişiça, 4 iyun kuni keçqurun Rossiya harbiylari Zaporijjya şahrining aholi yaşaş hududiga dronlar bilan zarba bergan. Hujum natijasida köp qavatli turar joy binosi va uning atrofidagi avtomobillarga şikast yetgan.
Zaporojye viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorovning bildirişiça, hujum oqibatida 44 yoşli ayol halok bölgan. Şuningdek, yana 11 kişi turli darajada tan jarohati olgan.
Şu kuni keçqurun Rossiya qöşinlari Sumi viloyatidagi Konotop şahriga ham dronlar bilan zarba bergan. Şahar meri Artyom Semenixinning ma’lum qilişiça, hujumlar turar joylar va fuqarolik infratuzilmasini nişonga olgan.
Zarba oqibatida kamida beş kişi jabrlangan. Ular orasida uç nafar bola ham bor. Dron hujumi tufayli xususiy uylardan biri yonğin içida qolgan. Hodisa vaqtida uyda ikki nafar katta yoşli kişi va uç nafar bola bölgan.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga köra, jabrlangan bolalar hamda ularning onasi şifoxonaga yotqizilgan. Şuningdek, hujum oqibatida şaharning bir qismi elektr ta’minotisiz qolgan, suv ta’minotida ham uzilişlar yuzaga kelgan.
Xerson şahrida ham dron hujumi qayd etilgan. Xerson viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Prokudinning bildirişiça, şaharning Korabel tumaniga qilingan zarba natijasida 75 yoşli erkak halok bölgan.
Ukraina rasmiylari hujumlar fuqarolik obektlari va aholi yaşaş hududlariga qarşi amalga oşirilganini ta’kidlamoqda.













