Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 iyundan ayrim tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin
Joriy yil 21 aprel kuni prezidentning «Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan tadbirkorlik sub'yektlarining uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida, soliq majburiyatlarini bajarishda imtiyozlar taqdim etilmoqda.
2021 yil 1 iyundan soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik sub'yektlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berish nazarda tutilmoqda. Ushbu imtiyoz uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan hamda soliqlarni muddatida to‘lab kelgan xo‘jalik sub'yektlariga tatbiq etiladi.
Tahlillarga ko‘ra, soliq to‘lovchi yuridik shaxslarning 201,3 mingdan ortig‘i (67,7 foizi) uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Ular bilan o‘tkazilgan muloqotlar natijasida 43,5 mingtasining muammolari segmentlab olindi. Shundan 13 mingtasi bevosita budjet bilan munosabatlarini optimallashtirishni so‘ragan, deyiladi Soliq qo‘mitasi xabarida.
Bildirilishicha, o‘tgan yili pandemiya oqibatlarini yumshatish maqsadida tadbirkorlik sub'yektlariga 7,7 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlari va yengilliklar berildi. 224 mingta sub'yektning 1,3 trln so‘mlik soliq qarzini majburiy undirish choralari to‘xtatib turildi. Bunga javoban tadbirkorlik sub'yektlari soliqlarining 95 foizini ixtiyoriy ravishda o‘z muddatida to‘lagan.
Mavzuga oid
14:35 / 18.02.2025
“Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi
11:50 / 18.02.2025
Namanganda gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan tadbirkor aniqlandi
18:54 / 17.02.2025
«Qat’iy belgilangan AOS korrupsiyaning oyog‘iga bolta urgandi, endi uni bekor qilishmoqchi» – soliq maslahatchisi
22:20 / 11.02.2025