Unda nazarda tutilgan qöllab-quvvatlaş instrumentlaridan foydalangan tadbirkorlarning hisobvaraqlariga bepul xizmat körsatiladi.
2025 yil 1 aprelgaça “Yoş tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi.
Quyidagilar amalga oşiriladi:
- 2025 yil 1 martgaça AT “Aloqabank”ning hududlarda yoşlarning innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaş, ilmiy tadqiqotlar va texnologik işlanmalarni tijoratlaştirişga hamda moliyalaştirişga kömaklaşiş (“Startaplar”) loyihasi respublikaning barça hududlarida amalga oşiriladi va loyihaning hududlardagi bölinmalari malakali kadrlar bilan töldiriladi;
- 2025 yil 1 apreldan har oyda 1 ta hududda “investor kun”lari taşkil etiladi hamda hududdagi OTMlar bilan hamkorlik dasturlari yölga qöyiladi.
Şuningdek, 2025 yil yakunigaça:
- akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlagan startaplar soni 200 taga yetkaziladi;
- hududlarda “Yoşlar biznes-inkubatori” markazlari taşkil qilinib, tadbirkorlik faoliyatini yangidan boşlagan yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda muvaffaqiyatli tadbirkor darajasigaça rivojlanişlari uçun qöşimça şaroitlar yaratiladi, jumladan ularga tayyor ofislar ijaraga beriladi, buxgalteriya, marketing, eksport bozorlariga çiqiş bilan boğliq kompleks xizmatlar körsatiladi.











