O‘zbekiston | 11:01 / 14.03.2023
8272
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

IT Park University'ning bu yilgi kirish imtihonlari mart oyida boshlanadi

Foto: IT Park University

Eng yaxshi talabalar Yevropa va AQShda amaliyot o‘taydilar, shuningdek, IT-mahsulotlarini ishlab chiqish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan EPAM kompaniyasidan ish takliflarini oladilar.

IT Park University — gibrid ta’lim shakliga ega, yuqori texnologiyali raqamli universitetdir. Universitet Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan, xalqaro miqyosdagi yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. IT va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi qoshidagi IT Park va EPAM xalqaro kompaniyasi universitet asoschilari bo‘lishdi.

«IT Park University 20 yillik tajribaga ega yangi universitetdir. U o‘tgan yili ochilgan bo‘lsa-da, ammo o‘quv dasturlari EPAM'ning eng yaxshi ta’lim qarorlariga asoslangan. Kompaniya 20 yildan buyon butun dunyo bo‘ylab talab yuqori bo‘lgan IT-mutaxassislarini tayyorlab kelmoqda.

Bizda allaqachon boshqa universitetlar talabalari, ilg‘or dasturlar bo‘yicha xalqaro jamoalarning amaliyotchi muhandislaridan bilim olish uchun IT Park University'ga ko‘chirilgan holatlar bo‘lgan», — deb ta’kidladi Bahodir Ayupov.

Talabalar uyda ham, universitetning butun O‘zbekiston bo‘ylab ochilgan filiallarida ham shug‘ullanishlari mumkin. Shu bilan bir qatorda, IT-mutaxassislarining Toshkent va viloyatlarda o‘tkaziladigan workshop'laridan foydalanish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.

Talabalarga individual yordam IT Park University'ning hududiy kuratorlari tomonidan ko‘rsatiladi, ular yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda yordam berishadi. Ko‘pincha talabalar ularga o‘quv jarayoniga oid masalalar yechimi bo‘yicha, ota-onalar esa farzandlarining akademik natijalari tahlili va karera yo‘llarini aniqlash uchun murojaat qilishadi.

Ismoilova Rahima, talaba, Xorazm

«O‘tgan yili IT Park University'ga o‘qishga kirdim. Onlayn ta’lim qulay format. Meni uydan ketishimga, oilamga esa Toshkentda turar joy ijarasi uchun qo‘shimcha xarajatlarni ko‘tarishiga to‘g‘ri kelmadi. Undan tashqari, poytaxtda yashash narxi mening ona shahrimnikiga nisbatan qimmatroq.
Ota-onam men begona shaharda yolg‘iz yashayapti deb tashvishlanib o‘tirishmaydi. Ular o‘zlarini xotirjam his qilayotganlarini aytishadi, shu bilan birga men ham orzu qilgan mutaxassisligimni egallayman. Kelajakda men saytlar va ilovalar uchun interfeyslar yaratib, Front-end dasturchisi sifatida ishlashni rejalashtiryapman. Raqamlashtirish tezligini hisobga olsak, bu mutaxassislik talabgir va yaxshi haq to‘lanadiganligicha qoladi».

Bakalavriatda o‘qish 3 yil davom etadi (General Track). O‘qishni tugatgandan so‘ng «Dasturiy muhandislik» mutaxassisligi bo‘yicha davlat tomonidan tasdiqlangan diplom beriladi. Dastlabki uch semestr asosiy IT fanlarni o‘z ichiga oladi. 4-semestrda eng yaxshi talabalar chuqurlashtirilgan dasturga (Advanced Track) o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ular qo‘shimcha tarzda avtomatlashtirilgan test, front-end yoki back-end dasturlashni o‘rganadilar.

Asosiy fanlarni EPAM'ning butun dunyo bo‘ylab amaliyotchi mutaxassislari olib borishadi, shuning uchun ma’ruzalar onlayn shaklda o‘tkaziladi.

O‘quv dasturlari kuchli amaliy bazani shakllantirishga qaratilgan. Ular doimiy ravishda yangilanib, yetakchi xalqaro korporatsiyalarda amalda qo‘llanadigan bilimlar bilan to‘ldirib boriladi.

Ilyosov Sarvar, talaba, Toshkent

– Universitet tanlashda men uchun o‘qituvchilar jamoasi tarkibi muhim edi. IT sanoati tezlik bilan o‘zgarmoqda, yangi vositalar va uslublar joriy etilmoqda. Men 3 yil qattiq o‘qib, keyin ishga kirganimda olgan bilimlarim eskirganligini va buni hozir hech kim qilmasligini bilishni xohlamasdim.
IT Park University o‘qituvchilar sifatida dunyo bo‘ylab taniqli kompaniyalar uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kuchli dasturchilar va muhandislarni jalb qildi. Ular darslarda o‘z tajribalaridan kelib chiqib misollar va topshiriqlar beradilar. Buning yordamida biz haqiqatan ham kerakli bo‘lgan bilimlarga ega bo‘lamiz. Ta’lim berish darajasi haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun, siz EPAM kompaniyasi qanday mijozlar bilan ishlayotganini Google'ga yozib ko‘rishingiz mumkin".

Birinchi o‘quv yilida asosiy e’tibor ingliz tilini o‘rganishga qaratiladi. Abituriyent Intermediate darajasi bilan kirgan bo‘lsa ham, u o‘z bilimini kerakli darajaga oshiradi va o‘quv materialini samarali o‘zlashtiradi, xorijiy manbalarni o‘rganadi va keyinchalik xalqaro jamoalarda muloqot qiladi. Universitetda ma’ruzalar ingliz tilida olib boriladi.

Qanday qilib IT Park University'da talaba bo‘lish mumkin

1. my.itpu.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali ariza yuboring

2. Shaxsiy kabinetingizda kirish imtihonlariga ro‘yxatdan o‘ting

3. Shartnomani imzolang va to‘lovni amalga oshiring

4. O‘qishga kirganingiz haqida buyruq oling va o‘qishni boshlang

Kirish imtihoni quyidagilardan iborat:

1. matematika bo‘yicha test;

2. ingliz tili bo‘yicha test. Amaldagi IELTS sertifikati (5.0 yoki undan yuqori) yoki unga teng bo‘lgan sertifikat abituriyentni ushbu test sinovidan ozod qiladi.

Ta’lim narxi yiliga 15 million so‘m.

Sayt orqali IT Park University haqida ko‘proq ma’lumot olishingiz va kirish imtihoniga ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Abituriyentlar, ularning ota-onalari va IT sohasi bo‘yicha ta’limga qiziqqan barchani «Qanday qilib IT Park University talabasi bo‘lish mumkin» nomli vebinarimizga taklif etamiz. Vebinar 17 mart soat 16:00 da bo‘lib o‘tadi. Vebinarga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali o‘ting.

Sayt: itpu.uz

Instagram: @itpu_uz

Facebook: fb.com/itpu.uz

Telegram bot: t.me/itpu_bot

Reklama huquqi asosida

 

Mavzuga oid