13 iyul kuni IT Park University “Open Day” tadbirida öz eşiklarini hamma uçun keng oçdi. 200 dan ortiq abituriyentlar, ularning ota-onalari, IT-mutaxassislar va talabalar universitetning zamonaviy ta’lim dasturlari haqida ma’lumot oliş, xalqaro ekspertlar bilan suhbatlaşiş va işga joylaşiş imkoniyatlarini örganiş uçun yiğildilar. Jarayonni sizga hikoya qilamiz.
Dastur juda boy tayyorlangandi. Tadbirning asosiy xususiyati yirik IT-kompaniyalar: EPAM, IT Park Uzbekistan, Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Bilim, IT Community of Uzbekistan va WTraining’dan taniqli spikerlarning hamkorligi böldi. 10 dan ortiq ekspert IT sohasi kelajagidagi özgarişlar, muvaffaqiyatli karera sirlari va amaliy ta’limning foydasi haqida ma’lumot berişdi, şuningdek, raqamli muhitda işlaşning afzalliklari va kamçiliklari muhokama qilindi.
Tadbirning rasmiy qismi Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov va vazir örinbosari Rustam Karimjonov tomonidan oçib berildi.

“IT Park University global EPAM kompaniyasi bilan hamkorligi tufayli ham noyobdir. Ta’lim faqat nazariyaga emas, balki amaliyotga qaratilgan va yetakçi ekspertlar tomonidan boşqariladi. Bu universitet sizning kelajagingiz uçun katta imkoniyatlar oçadi” — dedi Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov.

IT Park University boş direktori Bahodir Ayupov kelgusi yillarda IT sohasidagi özgarişlarni tahlil qildi. U 2025 yilga kelib IT-mutaxassislariga bölgan talab 8 barobar köpayişini ta’kidladi.

EPAM kompaniyasining vakillari Natalya Ni va Izzatxon Şamsiyev IT Community’da iştirok etişning ahamiyati haqida gapirib, qanday qilib netvorking orqali xalqaro kompaniya a’zosi bölganliklarini baham kördilar va muvaffaqiyatga erişiş uçun nima qiliş kerakligi va IT sohasidagi xavflarni qanday çetlab ötiş haqida qimmatli maslahatlar berişdi.
IT Community rahbari Şavkat Karimov öz taqdimotida bölajak mutaxassislarga amaliy maslahatlar berib, interaktiv öyinlar ötkazdi.


















