IT Park University UZBMB (DTM) imtihonidan ötgan abituriyentlar uçun öz eşiklarini oçmoqda. Imtihonni topşirib, quyidagi natijalarga erişgan abituriyentlar endi imtihonlarsiz kiriş imkoniyatiga ega:

• Matematika: 10 ta töğri javobdan boşlab; 

• Ingliz tili: 20 ta töğri javobdan boşlab.  

Hozirda IT Park University'ga kiriş uçun ariza topşiriş muddati tugaşiga atigi bir oy qoldi.

Bu sizning yuqori texnologiyalar va xalqaro karera imkoniyatlari olamiga kiriş uçun imkoniyatingizdir. Universitetimiz global IT-gigantlari bilan yaqin hamkorlikda ekanini va bu talabalarimizga yetakçi jahon va mahalliy kompaniyalarda haqiqiy iş tajribasini oliş imkonini berişini faxr bilan ta’kidlaymiz.

IT Park University 2022 yilda Prezident Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga binoan va 2022 yil 1 iyundagi 297-sonli VMQ («IT Park University raqamli universitetini taşkil etiş töğrisida») asosida taşkil etilgan.

IT Park va EPAM IT kompaniyasi universitetimiz asosçilaridir. Universitet dasturi zamonaviy va talabgir IT sohasidagi kasblarni özlaştirişga qaratilgan. Ta’lim jarayoni asosan onlayn formatda, ya’ni gibrid şaklda olib boriladi. Bu esa mamlakatning barça hududlaridagi talabalarga mutaxassislik va davlat namunasidagi diplom oliş imkoniyatini beradi.

"IT Park University özining global kompaniya EPAM bilan hamkorligi sababli noyobdir. Bu yerda ta’lim nafaqat nazariya, balki yetakçi mutaxassislar rahbarligidagi amaliyotni ham ta’minlaydi. Uşbu universitet sizning kelajagingiz uçun katta imkoniyatlarni oçib beradi, jahon standartlariga mos keladigan ta’lim va real karera istiqbollarini taqdim etadi", — dedi raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Xotamoviç Şermatov.

Talabalarimiz xalqaro amaliyotlardan ötadilar, bitiruvçilarimiz esa allaqaçon yirik IT-kompaniyalarda işlab muvaffaqiyatli startaplar yaratmoqda. Ta’limning amaliyotga yönaltirilgan yondaşuvi va sanoat bilan yaqin aloqalar tufayli, talabalar kareralarini muvaffaqiyatli boşlaş uçun barça zarur könikmalarga ega bölmoqdalar.