May oyida IT Park University’ning birinçi va ikkinçi kurs talabalari Ispaniyada IT-mahsulotlari işlab çiqaruvçilari orasida dunyoda yetakçilardan bölgan EPAM Systems ofislarida amaliyot ötaşdi. Öqişda eng yaxşi natijalar körsatgan talabalar uçta şahardagi EPAM ofislarida iş jarayonlari tuzilişi bilan tanişib, özaro tajriba almaşişdi va Yevropa IT-mutaxassislarining bir qator trening va seminarlarida bölişdi. Uşbu maqolada amaliyot jarayonlari haqida ma’lumot beramiz.

Bu yil birinçi va ikkinçi kurs talabalariga xalqaro amaliyot ötaş uçun 8 ta grant örinlari ajratildi. 2023 yilda IT Park University xalqaro amaliyoti Litva va Polşada bölib ötgan edi. Bu safar talabalar öquv darajasi, IT sohasidagi yutuqlari, universitet hayotidagi faol iştiroki va motivatsion videorolik asosida tanlandi. Amaliyot töliq universitet tomonidan moliyalaştirildi.

«Men IT Park University’ga yaqindagina öqişga kirganman, lekin şuni ayta olamanki, bu yerda talabalar hayoti juda boy va qiziqarli. Şu ikki semestr davomida universitet tomonidan ötkazilgan köplab tadbirlar va treninglarda qatnaşişga muvaffaq böldim. Ulardan eng esda qolarlisi esa universitet tomonidan moliyalaştirilgan Ispaniyaga amaliyot safari böldi.
Men IT sohasida yangiman. Böş vaqtimni dasturlaşni örganişga va bilimimni oşirişga sarflayman. EPAM testçilarining faoliyatini kuzatib, ular öz iş jarayonlariga doimiy ravişda yangi texnologiyalarni joriy etişlariga amin böldim. Işdagi uyğunlik, hamkasblar xuşmuomalaligi meni juda ruhlantirdi.
Mutaxassislar örtasidagi uzluksiz örganiş va doimiy bilim almaşiş kabi muhim jihatlarni öz közlarim bilan körganimdan çeksiz baxtliman. Töğri tanlov qilganimga endi aslo şubham yöq. IT sohasida öz ijodkorlik qobiliyatlarimni rivojlantiriş va loyihalarimni amalga oşira olişimga işonçim komilM», - deydi universitet birinçi kurs talabasi Nigoraxon Mamadaliyeva.
Amaliyot IT Park University hammuassisi EPAM’ning Yevropadagi ofislarida bölib ötdi. Kompaniya amaliyotçilari turli muammolarni hal qilişda öz yondaşuvlari va texnologiyalari böyiça seminar va treninglar ötkazdilar.




















