Sport | 21:30 / 24.09.2018
8597
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» va «Barselona» yosh futbolchi uchun raqobatlashmoqda. Madrid taklifni oshirdi

«Real» «Barselona» bilan «Ayaks» yarimhimoyachisi Frenki de Yong uchun raqobat qiladi.

De Telegraaf nashri xabariga ko‘ra, madridliklar klubi ushbu 19 yoshli niderland uchun 80 million yevro to‘lashga tayyor.

«Buni tasdiqlay olmayman, rad eta olmayman ham. Buni yaxshisi Mark Overmarsdan so‘rang, unda barcha ma'lumotlar bor», – degan futbolchining agenti Ali Dursun.

Bundan avvalroq, de Yongga «Barselona» jiddiy qiziqayotgani haqida xabarlar berilgandi. Katalonlar klubi futbolchini keyingi yil yozida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, «Ayaks» futbolchi uchun 75 million yevro so‘ragan.

Mavzuga oid