Arbeloa muvaffaqiyatsiz boshladi
Ispaniya kubogi, 1/8 final
«Albasete» – «Real»
Gollar: Vilyar, 42 (1:0). Mastantuono, 45+3 (1:1). Betankor, 82 (2:1). G. Garsiya, 90+1 (2:2). Betankor, 90+4 (3:2)
«Real»: Lunin, Raul Asensio, Hausen (Alaba, 65), F. Garsiya (Kamavinga, 65), Himenes (Karvahal, 77), Sestero (Manuel Anxel, 86), Arda Guler, Valverde, Vinisius Junior, Mastantuono (Palasios, 77), G. Garsiya
Ogohlantirishlar: Hausen, 65. Raul Asensio, 90
«Real» Habi Alonso iste’foga chiqarilib, Alvaro Arbeloa yangi bosh murabbiy etib tayinlangan ilk o‘yindayoq sovrin uchun kurashdan chiqdi – madridliklar Ispaniiya kubogi 1/8 finalida Segunda vakili «Albasete»ga sensatsion ravishda mag‘lub bo‘ldi.
Albasetedagi o‘yin orqali «Real» Arbeloa rahbarligida qanday o‘zgarishi haqida xulosa qilib bo‘lmaydi. Uch kun oldin Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga qarshi maydonga tushgan futbolchilarning bir qismi bu o‘yinda qatnashmadi. Yangi murabbiy Mbappe, Kurtua, Tchuameni, Karreras, Bellinghem, Rodrigo va Kamavinga kabilarga dam berdi. Mastantuono anchadan buyon ilk bor startda tushdi, Valverde o‘zining asl pozitsiyasiga – markazga qaytdi, 21 yoshli Ximenes uning o‘rniga o‘ng qanot himoyasini egalladi.
«Real» Arbeloaning debyut o‘yinida 4-3-3 sxemasida maydonga tushdi, bunda hujum triosini Mastantuono – Vinisius Junior – Garsiya tashkil etishdi. Madridliklar o‘yinida yaqqol ajralib turgan jihat – standart vaziyatlar bo‘ldi. Guler burchak zarbasidan gol urishga harakat qildi, keyin esa Valverde «Real»ning zarbalar hisobini ochdi. Bir necha daqiqa o‘tib turkiyalik yarimhimoyachi yaxshi jarima zarbasi ishladi, ammo uning o‘zi zarba berishda noaniq harakat qildi.
Mehmonlar o‘yinning 75 foiz vaqtida to‘pga egalik qilishganiga qaramay, «Albasete» jarima maydoni ichiga kirishga qiynalishdi. Mezbonlar startda zich himoyalanishdi va vaqti-vaqti bilan qarshi hujumlar uyushtirishdi.
Aytish mumkinki, «Real» futbolchilariga «Barselona»ga qarshi o‘yindan keyin drayv yetishmadi. Madridliklar yarimhimoyasidagi Valverde – Sestero – Guler uchligi o‘z vazifalarini yaxshi uddalay olishmadi. Arbeloa jamoasi to‘pni nazorat qildi, ammo golli vaziyatlar yarata olmadi. Mehmonlarning uzoq masofalardan zarba yo‘llashdan boshqa narsa taklif eta olishmadi. «Albasete» esa bo‘lim oxirida hisobni ochdi. «Qirollik klubi» tarbiyalanuvchisi hisoblangan Vilyar burchak zarbasidan keyin to‘p uchun kurashda Mastantuonodan ustun keldi va darvozabon Luninga imkon qoldirmadi.










