Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada barcha “front uchun” ishlashi kerak - Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin butun Rossiya “front uchun” ishlashini talab qildi va bu holat Ikkinchi jahon urushi davrida bo‘lgani kabi bo‘lishi kerakligini aytdi. Shu bilan birga, u qurol-yarog‘ ishlab chiqarish hamda frontga “posilkalar va sovg‘alar” jo‘natishni tilga oldi.
Foto: AP
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining Ukrainaga qarshi boshlagan harbiy hujumi muvaffaqiyati uchun barcha rossiyaliklar ishlashini talab qildi hamda yana bir bor bu urushni SSSRning 1941–1945 yillardagi natsistlar Germaniyasiga qarshi mudofaa urushiga qiyosladi.
“Ulug‘ Vatan urushi davrida butun front orti front uchun, askarlarimiz uchun, himoyachilarimiz uchun ishlagan. Ammo faqat tanklar, samolyotlar, to‘plar va snaryadlargina ishlab chiqarilmagan”, — dedi Putin 21 aprel, seshanba kuni Moskvada o‘tkazilgan “Kichik vatan — Rossiya kuchi” forumida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “bolalar, buvilar, ayollar paypoq to‘qigan, frontga posilkalar va sovg‘alar yuborgan”.
“Bizning g‘alabalarimiz muvaffaqiyati aynan shunday birlikda. Hozir ham shunday bo‘ladi”, — dedi Rossiya prezidenti.
Shu bilan birga, “Levada-markaz” ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga qarshi beshinchi yil davom etayotgan keng ko‘lamli urushi fonida Ukraina bilan muzokaralar boshlanishini qo‘llab-quvvatlayotgan rossiyaliklar soni rekord darajaga yetgan.
Fevral oyida o‘tkazilgan reprezentativ so‘rov ishtirokchilarining 67 foizi tinchlik muzokaralarini boshlash zarur, deb hisoblaydi.
Ayni paytda, harbiy harakatlarni davom ettirish tarafdorlari ulushi kamayib, kuzatuvlar olib borilgan butun davr mobaynidagi eng past ko‘rsatkich — 24 foizni tashkil etgan, deya ta’kidladi “Levada-markaz”.
Bundan tashqari, so‘rov natijalariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi atrofidagi vaziyatni kuzatib borayotgan rossiyaliklar soni ham tobora kamaymoqda. 2026 yil fevral holatiga ko‘ra, bunday kishilar Rossiyada yarmidan ham kam — 44 foizni tashkil etgan. Bu ham kuzatuvlar davomidagi eng past ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.
Shuningdek, OAV Putin reytingi olti haftadan beri ketma-ket pasayib borayotgani haqida xabar bermoqda.
Mavzuga oid
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
23:06 / 22.04.2026
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
22:15 / 22.04.2026
Siyosatchi Dunsova Rossiyada erkin internet uchun «uyda norozilik» uyushtirishni taklif qildi
19:30 / 22.04.2026