Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
Mudofaa konsepsiyasi harbiy strategiya va Bundesverni (Germaniya qurolli kuchlari) rivojlantirish rejasidan iborat bo‘lib, uning tuzilishi va tarkibini tavsiflaydi.
Germaniya Ikkinchi jahon urushidan keyin birinchi marta mudofaa strategiyasini qabul qildi, unda Rossiya Yevropadagi xavfsizlikka asosiy tahdid sifatida tavsiflanadi, deb xabar berdi Deutsche Welle.
«Rossiya qayta qurollanish orqali NATO bilan harbiy qarama-qarshilikka tayyorlanmoqda va harbiy kuch ishlatishni o‘z manfaatlarini ilgari surishning qonuniy vositasi deb biladi», dedi Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius Berlinda mamlakat mudofaasining keng qamrovli konsepsiyasini taqdim etar ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Yevropa va AQSh o‘rtasidagi aloqani uzish orqali NATOni yo‘q qilishni maqsad qilgan va o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga intilmoqda.
Mudofaa konsepsiyasi harbiy strategiya va Bundesverni (Germaniya qurolli kuchlari) rivojlantirish rejasidan iborat bo‘lib, uning tuzilishi va tarkibini tavsiflaydi. Strategik hujjatda aytilishicha, Rossiya «NATO mamlakatlariga harbiy hujum qilish uchun sharoit yaratmoqda» va hozirdanoq alyans a’zolariga, jumladan, Germaniyaga qarshi gibrid operatsiyalarni amalga oshirmoqda.
«Qo‘poruvchilik, kiberhujumlar, dezinformatsiya kampaniyalari va josuslik doimiy tahdidga aylandi va ularga qarshi turish harbiylarning doimiy vazifasidir», deb ta’kidladi Pistorius.
Konsepsiyaga ko‘ra, harbiylar soni kamida 460 ming kishiga yetishi kerak, bu esa ittifoqchilar bilan birgalikda Rossiyaning ehtimoliy tajovuziga qarshi turish imkonini beradi (hozir Germaniya Qurolli Kuchlarida 184,3 ming jangchi bor).
Armiyani rivojlantirishning vazifalaridan biri, shuningdek, kosmos va kibermakonda harbiy salohiyatni oshirish orqali dushman ustidan «axborot ustunligini» ta’minlashdir.
Kelajakda Germaniya armiyasi uzoq masofadagi nishonlarni aniq yo‘q qilish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak - mavjud «Taurus»lardan tashqari, yangi F-35 qiruvchi samolyoti uchun taxminan 1 ming km masofaga uchadigan JASSM-ER qanotli raketalarini sotib olish rejalashtirilgan. Shuningdek, Berlin ko‘p bosqichli havo mudofaasini rivojlantirish niyatida.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55 / 23.06.2026