12:06 / 04.05.2018
45995

Iroqda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol umrbod qamaldi

Foto: AFP / Ammar Karim

Iroq markaziy jinoiy sudi payshanba kuni turli davlatlardan kelgan sakkiz nafar ayolni umrbod ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqardi, ular IShID terrorchilik guruhi faoliyatida ishtirok etgan. Bu haqda Oliy sud kengashi raisi, sudya Abdul Sattor Bayroqdor kengash saytida xabar berdi.

"Markaziy jinoiy sud turli davlatlardan bo‘lgan sakkiz nafar xorijiy terrorchi ayolni umrbod ozodlikdan mahrum qildi: Turkiyadan uch nafar, Ozarboyjondan uch nafar, O‘zbekistondan bir nafar va Suriyadan bir nafar", - deya aytib o‘tdi u.

Bayroqdorning aniqlik kiritishicha, hukm terrorchilik bilan kurash to‘g‘risidagi qonunning ikkinchi moddasiga muvofiq chiqarildi.

Iroq sudi aprel oyi oxirida Rossiyadan bo‘lgan 19 ayol va Ozarboyjon hamda Tojikistondan kelgan o‘n nafar ayolni IShID bilan hamkorlik qilgani uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilgandi.

Top