Namanganda radarlar mashmashasi: kim haq?
Namangan shahri hokimi Anvar Otaxo‘jayev hamda Namangan viloyati IIB YHXB boshlig‘i Mansur Gaziyev o‘rtasida noqonuniy radarlar masalasida “xatlar jangi” bo‘lib o‘tdi. Hokim shahar hududida belgilangan talablarga zid ravishda o‘rnatilgan fotoradarlarni olib tashlashni so‘ragan bo‘lsa, podpolkovnik unga javoban hokimlik tasarrufidagi xizmat mashinalari sodir etgan qoidabuzarliklar bo‘yicha qarzdorliklarni to‘lab qo‘yishni so‘radi.

“Fuqarolarga zarar keltirmoqda”
Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev 2025 yil 12 aprel kuni Namangan viloyati IIB YHXB boshlig‘i Mansur Gaziyevga rasmiy xat bilan murojaat qildi.
Xatda keltirilishicha, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan kameralarning “jarima yozishi” norozilik kayfiyati ortishiga sabab bo‘lmoqda.
“Jamoatchilik, yoshlar tomonidan aholi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va muhokama yig‘ilishlarida, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari tomonidan jarimalarning qo‘llanishidan norozilik kayfiyatlar ortib borishi, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatda olib borilayotgan boshqaruvga nisbatan salbiy fikrlar bildirilishiga sabab bo‘lmoqda.
Shuningdek, bino-inshootlarning tom qismlari, shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi yoritish tayanchlariga belgilangan me’yorlarga zid ravishda o‘rnatilgan fotoradarlar tomonidan jarimalarning qo‘llanishi oqibatida Namangan shahri fuqarolariga moddiy va ma’naviy zarar keltirmoqda”, deyiladi xatda.
Hokim xatida Namangan shahri, Davlatobod hamda Yangi Namangan tumanlarida Vazirlar Mahkamasi qaroriga zid ravishda o‘rnatilgan kameralarni KAAT tizimidan o‘chirish hamda ular tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklarga jarimalar qo‘llash ishlarini to‘xtatish so‘ralgan.
Hokimlikning qoidabuzar mashinalari
Oradan ko‘p o‘tmay, 2025 yilning 22 aprel kuni Namangan viloyati IIB YHXB boshlig‘i Mansur Gaziyev Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayevning noqonuniy o‘rnatilgan radarlarni olib tashlash haqidagi xatiga javob qaytardi. Podpolkovnik javob xatida hokimlik xizmat mashinalari ko‘plab qoidabuzarlik sodir etayotganini bildirgan.
Javob xatida prezident va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan 17 ta chorrahaga hamda 10 ta to‘g‘ri yo‘l uchastkasiga yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik qurilmalari o‘rnatilgani qayd etilgan.
“Qurilmalar qoidabuzar haydovchilarga nisbatan chora ko‘rish hamda avtomobil yo‘llarida tartibli harakatni ta’minlash orqali inson xavfsizligini ishonchli himoya qilish va o‘lim holatlarini keskin kamaytirishga xizmat qilmoqda.
Masalan, Namangan shahri, Davlatobod hamda Yangi Namangan tumanlari hududidagi qurilmalar aynan yo‘l-transport hodisalari o‘choqlari hisoblangan joylarga o‘rnatilgan bo‘lib, bu yo‘nalishlarda 2024 yilda piyodalar bilan bog‘liq 156 ta YTH sodir etilgan. Shundan 13 tasi o‘lim bilan, 143 tasi esa tan jarohat bilan yakunlangan. Og‘ir oqibatlarga olib kelgan YTHlarning 70 foizi haydovchilarning tezlikni me’yoridan oshirganliklari oqibatida yuzaga kelgan. Joriy yilda esa tezlikni qayd qilish qurilmalari nazorati sababli mazkur yo‘nalishlarda o‘lim bilan yakunlangan YTHlar sodir etilmadi”, deyiladi boshqarma xatida.
Shuningdek, viloyat YHXB Namangan shahar hokimligi tasarrufidagi 50 020 DAV davlat raqam belgili Captiva mashinasi 2024 yil va joriy yilda jami 47 ta qoidabuzarlik sodir etganini, 11 ta holatda 8 mln 170 ming so‘m so‘m muddati o‘tgan to‘lanmagan jarimalar borligini ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, hokimlikning boshqa transport vositalari tomonidan jami 41 ta qoidabuzarlik bo‘yicha 18 mln 750 ming so‘m, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlari hokimliklari tasarrufidagi transport vositalari tomonidan jami 46 ta qoidabuzarlik bo‘yicha 16 mln 307 000 so‘m miqdorda muddati o‘tgan to‘lanmagan jarimalar mavjud ekani bildirilgan.
Viloyat YHXB boshlig‘i hokimdan Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlari hokimliklari tasarrufidagi mashinalar tomonidan sodir etilayotgan surunkali qoidabuzarliklarni tanqidiy muhokama qilishini hamda muddati o‘tgan jarimalarni undirishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘ragan.
“To‘lanmagan jarima noqonuniy radarlardan kelgan”
Namangan shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Raxmonjon Mamadaliyevning Kun.uz’ga bildirishicha, 50 020 DAV davlat raqam belgili Captiva xizmat mashinasi sifatida shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayevga biriktirilgan.
“Hokimlik mashinalarining qarzdorligi belgilangan talablarga zid ravishda o‘rnatilgan radarlardan kelgan. Biz sudga bermasdan xat qilgandik. Qolganlari bo‘yicha qarzdorlik to‘langan”, deydi hokimlik matbuot xizmati rahbari.
Raxmonjon Mamadaliyevning qo‘shimcha qilishicha, hokimlik o‘z xatida belgilangan talablarga zid ravishda simyog‘och, yoritish uskunalari va binolarga o‘rnatilgan radarlarni olib tashlashni so‘ragan.
Radarlar qanday o‘rnatilishi kerak?
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 apreldagi qarori bilan “Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan.
Mazkur Nizomda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi belgilab berilgan.
Texnik talablarga ko‘ra, tizimlar 6 metrdan kam bo‘lmagan balandlikda metall ustunga o‘rnatilishi talab etiladi. Ya’ni, beton simyog‘ochga, yoritkichga, binolarga o‘rnatilgan radarlar belgilangan texnik talablarga mos emas.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp va Zelenskiyning Vatikandagi 15 daqiqalik suhbati tafsilotlari ma’lum qilindi
Jahon | 18:55
-
Reytinglar qulamoqda – amerikaliklar Donald Trampning birinchi 100 kunini baholadi
Jahon | 18:45
-
«Biz endigina boshladik». Tramp prezidentligining dastlabki 100 kunidagi yutuqlari bilan maqtandi
Jahon | 18:44
-
Italiyada milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqiladi
Jahon | 18:29
Mavzuga oid

10:43 / 28.04.2025
Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

15:49 / 27.04.2025
Namanganda hojatxonaga tushib ketgan 3 yoshli bola qutqarildi

15:59 / 26.04.2025
“Namanganda avtomobillarni ijaraga beruvchi guruhlarning 90 foiz a’zosi o‘quvchilar” - viloyat YHXB boshlig‘i

14:29 / 22.04.2025