26 aprel kuni Namangan viloyati Uyçi tumanida uyidagi hojatxonaga tuşib ketgan uç yoşli bola qutqarib qolindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, “Xöjaobod” MFYda yaşovçi fuqaro kunduzi 112 qisqa raqamiga qönğiroq qilib, 2022 yilda tuğilgan öğli nazoratsiz qolgaç, mazkur hodisa röy berganini aytib yordam söragan.

FVV qutqaruvçilari uni olib çiqib, hayotini saqlab qolgan.

Eslatib ötamiz, mart boşlarida Samarqandda hojatxonaga tuşib ketgan çaqaloq qutqarilgan edi. Öşanda ayol şifoxona hojatxonasiga kirganida közi yorigan va holsizlangan holda çaqaloğini ehtiyotsizlik bilan hojatxona teşigiga tuşirib yuborgandi.