Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Import o‘rnini bosuvchi navbatdagi istiqbolli loyiha Jizzaxda amalga oshiriladi
Ichki bozorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri import o‘rnini bosuvchi arzon va sifatli sintetik mahsulot bilan ta'minlash maqsadida Jizzax shahrida joylashgan “ZAAMIN TEX DIOR” qo‘shma korxonasi tomonidan sintetik mato ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyiha amalga oshirilishi belgilandi.
“O‘zsanoatqurilishbank”ning kredit mablag‘lari asosida amalga oshiriladigan jami 11 mln. AQSh dollari miqdoridagi ushbu loyihaning yillik ishlab chiqarish quvvati 5 800 tonna sifatli mahsulotni tashkil etadi.
Bankning 2,4 mln. AQSh dollari miqdoridagi moliyaviy ko‘magi yordamida ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotning 6 mln. AQSh dollari miqdoridagi qismi xorijga eksport qilinadi.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Xitoy davlatining xalqaro miqyosdagi kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Shandong Zhongtian Science and Technology Engineering co. Ltd”dan eng zamonaviy asbob-uskunalar olib kelinadi.
“ZAAMIN TEX DIOR” MChJning mazkur loyihasi ishga tushgach, 14 mln. AQSh dollarlik import hajmi qisqartiriladi va ichki bozorning import o‘rnini bosuvchi arzon va sifatli sintetik mato bilan ta'minlanishi yanada yaxshilanadi.
Eng muhimi, mamlakatimizga Xitoy davlatidan 6 million AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Shuningdek, korxona 300 ta yangi ish o‘rni yaratib, yosh yigit-qizlarni ish bilan ta'minlashga ham o‘z hissasini qo‘shadi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
12:27 / 06.02.2026
O‘zbekiston Hindistondan ayrim tovarlar importini vaqtincha chekladi
20:30 / 31.01.2026
Go‘sht yana qimmatlasha boshladi. O‘tgan yilda ham narxlar keskin oshgandi
09:59 / 23.01.2026
“Bojlar pasaytirilsa, mahsulot narxi arzonlashardi”: import sohasida tadbirkorlar hukumatdan qanday yordam kutyapti?
13:49 / 12.01.2026