Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Toshkent metrosining qurilishi tugallangan «Yunusobod» yo‘nalishi bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi ayrim obektlarga tashrif buyurmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanali xabar qildi.
Davlat rahbari dastlab Toshkent metropolitenining qurilishi tugallangan "Yunusobod" yo‘nalishi 2-bosqichi yo‘l va bekatlari bilan tanishdi. Mazkur loyiha doirasida 2,9 kilometr uzunlikdagi metro yo‘li hamda “Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari barpo etilib, “Shahriston” bekatiga ulandi.
Telekanal xabarida aytilishicha, metro poyezdlarining sinov tariqasida harakatlanish ishlari amalga oshirildi. Ta'kidlanishicha, ushbu loyiha bo‘yicha yer osti tunnel qismini burg‘ilash ishlari Germaniya texnologiyasi asosida amalga oshirildi.
Prezident metro poyezdlarining holati, bekatlardagi sharoitlar bilan tanishdi. Yo‘lovchilarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta'minlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma berildi.
Bildirilishicha, endilikda “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlari orqali kuniga 7,5 ming yo‘lovchilarni tashish va xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.
Mavzuga oid
20:32 / 03.01.2026
Yunusobodda mast holatda o‘zganing mashinasiga shikast yetkazgan shaxs ushlandi
00:25 / 29.12.2025
29 dekabr kuni Yunusoboddagi ayrim mahallalarda elektr ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi
10:47 / 24.12.2025
Toshkent metrosida yangi tajriba: to‘lov - kaftdagi “tomir izi” bilan
07:35 / 17.12.2025