Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlar soni rekord darajaga yaqinlashdi
Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining 2019 yil iyun oyi uchun «Rossiya Federatsiyasidagi iqtisodiy vaziyat monitoringi» hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistondan Rossiyaga vaqtinchalik migratsiya hajmi o‘sishda davom etmoqda.
1 iyun holatiga ko‘ra 2,1 million O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada bo‘lgan. Taqqoslash uchun, 2018 yil 1 dekabr holatida 1,8 million kishi, undan bir yil oldin esa - 1,7 million kishi edi.
O‘zbekiston Rossiyadagi migrantlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi. Ukraina ikkinchi (1,7 million), Tojikiston (1,3 million) uchinchi pog‘onada.
O‘zbekistondan Rossiyaga vaqtinchalik migratsiya hajmi nafaqat 2015 yildagi ko‘rsatkichlarga qaytdi, balki inqirozgacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarga juda yaqin keldi - 2014 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra 2,2 million O‘zbekiston fuqarolari Rossiyada bo‘lgan.
Raqamlar shuni ko‘rsatadiki, 2014 yilda, rubl qulashi, sanksiyalar va boshqa hodisalardan so‘ng, Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlar soni kamaya boshladi, ammo 2017 yilda oqim tiklandi va hozir faol ravishda o‘smoqda.
O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan migrantlarning patent uchun to‘lovlari yil sayin oshib bormoqda, bu yil ular barcha patentlarning 91 foizini rasmiylashtirdi. Taqqoslash uchun, 2018 yilda - 89%, 2017 yilda - 86%, 2016 yilda - 82% edi.
Mavzuga oid
14:20
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
11:41
Rossiya va Ukraina halok bo‘lgan harbiylar jasadini almashdi
23:32 / 20.12.2024
OAV: 2024 yilda Ukrainadagi urushda 20 mingdan ziyod rossiyalik harbiy halok bo‘ldi
17:48 / 20.12.2024