Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati oqibatlari «hal etilganini» e’lon qildi
Ikki davlat Tashqi ishlar vazirligining qo‘shma bayonotida aytilishicha, samolyot «Rossiya hududida havo hujumidan mudofaa tizimining tasodifiy harakati oqibatida» halokatga uchragan. Shuningdek, tovon puli masalasi ham hal etilgan.
Foto: Dastan Shanay
Ozarboyjon va Rossiya Tashqi ishlar vazirliklari qo‘shma bayonotda 2024 yil dekabr oyida yuz bergan Azerbaijan Airlines (AZAL) yo‘lovchi samolyoti halokatining «oqibatlari tegishli ravishda hal etilganini» ma’lum qildi.
Tomonlar, jumladan, aviahalokat bo‘yicha tovon puli to‘lash masalasi ham hal etilganini ma’lum qildi. Biroq, uning miqdori va boshqa tafsilotlar keltirilmadi.
«Tashlangan qadamlar ittifoqchilik hamkorligi doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishni tasdiqlaydi», deyiladi Rossiya va Ozarboyjon vazirliklari bayonotida.
Hujjatda aytilishicha, samolyot «Rossiya hududida havo hujumidan mudofaa tizimining tasodifiy harakati oqibatida» halokatga uchragan.
AZAL aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uchayotgan Embraer E190 samolyoti 2024 yil 25 dekabr kuni Qozog‘istonning Oqtov shahrida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida 38 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi omon qoldi.
Samolyot Ukraina dronlarining Kavkaz mintaqalariga hujumi paytida Grozniyga qo‘nolmagan va Kaspiy dengizi orqali Qozog‘istonga parvoz qilgan edi. Halokatdan so‘ng, uning fyuzelajida ko‘plab o‘q izlari topildi.
Hodisa Moskva va Boku munosabatlarida inqirozga sabab bo‘ldi. Shu jumladan, Ozarboyjon Rossiyadan avariya uchun javobgarlikni tan olishni talab qilgani uchun ham.
Vladimir Putin faqat 2025 yil oktabr oyida AZAL samolyoti Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan zarbaga uchraganini tan oldi. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuvda u halokatga Rossiya havo mudofaasining «texnik nosozligi» sabab bo‘lganini, otilgan ikkita raketa esa «samolyotga bevosita tegmaganini», balki o‘n metr narida portlaganini aytdi.
Mavzuga oid
20:23
Shavkat Mirziyoyev Sergey Kiriyenko boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
19:06
Rossiyadan 6 mingga yaqin migrant chiqarib yuboriladi
09:43
Rossiyada prezidentga xorijda armiya qo‘llash bo‘yicha yangi vakolat beriladi
22:28 / 14.04.2026