Rossiya Davlat dumasi prezident qaroriga köra, sud ta’qibiga uçrayotgan rossiyaliklarni himoya qiliş uçun xorijda qurolli kuçlardan foydalaniş imkonini beruvçi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi. Bu haqda parlament quyi palatasi saytida 14 aprel, seşanba kuni xabar berildi.
Qonun loyihasi uçun 413 nafar deputat ovoz berdi, qarşi çiqqanlar ham, betaraf qolganlar ham bölmadi. Qonunga kiritilayotgan tuzatişlar Rossiya prezidentiga qurolli kuçlardan “eksterritorial foydalaniş” huquqini berişni taklif qiladi. Bu huquq Rossiya iştirok etmaydigan xorijiy sudlar yoki xalqaro sud organlarining qarorlari asosida hibsga olingan, uşlab turilgan yoki jinoiy yoki boşqa ta’qibga uçragan Rossiya fuqarolarini “himoya qiliş” uçun qöllanişi mumkin.
Qonun loyihasi Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan işlab çiqilgan bölib, u faqat Rossiya iştirok etmaydigan hamda vakolati Rossiya bilan xalqaro şartnoma yoki BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyasiga asoslanmagan sudlar faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.
Şu bilan birga, tuşuntiriş xatida taşabbus mualliflari “Xavfsizlik töğrisida”gi federal qonunda prezidentning Rossiya fuqarolarini himoya qilişga oid şunga öxşaş majburiyati allaqaçon nazarda tutilganini tan oladi. Hujjatda qayd etilişiça, taklif etilayotgan özgartişlar “uşbu me’yorni rivojlantiriş maqsadida” kiritilmoqda.
Mualliflar aynan qanday vaziyatlar bunday çoralarga olib kelişi mumkinligini aniqlaştirmagan.
RBK agentligi sörovida qatnaşgan huquqşunoslar fikriça, gap ayrim davlatlar yoki xalqaro birlaşmalar taşabbusi bilan jinoiy ta’qib uçun tuziladigan tribunallar haqida ketişi mumkin.
“Kommersant” naşri sörovida iştirok etgan ekspertlar esa bu taşabbus “soya floti” kemalarini qöriqlaşni qonunçilik jihatdan rasmiylaştiriş bölişi mumkinligini istisno qilmagan.












